UFC rahbariyati istiqbolli yakkakurashchi sifatida qaralayotgan Ottman Azaytarni (13-0) promoushenga qaytarish qaroriga keldi, deya xabar qilmoqda ESPN.
Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Ottman 2021-yilning yanvarida UFC’dan chetlatilgandi. UFC 257 musobaqasida jang qilishi belgilangan Azaytar turnir arafasida qarorgohga begona kishilarni olib kirishgan uringan, bu orqali koronavirus xavfsiziligi qoidalarini buzgandi. Natijada UFC jangga bir necha soat qolganda Ottmanning jangini bekor qilgan va uni promoushendan butkul chetlatgandi. Endilikda UFC Azaytarga ikkinchi imkoniyatni berishga qaror qilgan.
Elatib o‘tamiz, Azaytarning jangi bekor qilingani sabab o‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodovning Endryu Sanchesga qarshi jangi UFC 257 asosiy kardiga ko‘chirilgandi.
31 yoshli Azaytar UFC’da ikki jang o‘tkazgan va ularning ikkisida ham muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Uning keyingi jangi haqida hozircha hech qanday xabar yo‘q.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)