Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Go‘zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ismatova saraton xastaligi tufayli olamdan ko‘z yumgan.
Go‘zal Ismatova — 1996-yil 3-yanvarida Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Og‘ir vazn (+81 kg) toifasida ringga chiqqan sportchi 2014—2017-yillar davomida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2017-yilgi Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)