“Tottenhem” Premyer Liga 25-turida doirasida 21-fevral kuni “Vest Hem”ga qarshi kechgan bahsda (1:2) mag‘lubiyatga uchradi.
Joze Mourinyo qo‘l ostidagi “shporlar” Premyer Ligadagi 50 ta o‘yinda 81 ochko to‘pladi. Bu portugaliyalik mutaxassis faoliyatidagi eng yomon natija hisoblanadi, deya xabar qilmoqda Opta.
Bu vaqt oralig‘ida Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan 95 ochko, “Inter” bilan — 113, “Chelsi” (2013—2015-yillarda) bilan — 114, “Real” bilan — 123, “Portu” bilan — 124, “Chelsi” (2004—2007-yillar) bilan esa 126 ochko to‘plagan.
“Tottenhem” 24 o‘yinda 36 ochko to‘plagan holda Premyer Liga jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)