Dortmundning “Borussiya” klubi Germaniya chempionati 22-turi doirasida 20-fevral kuni “Shalke-04”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu o‘yinda dortmundliklar hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho bitta gol urishga erishdi.
Angliyalik futbolchi Bundesligadagi gollar sonini 35 taga yetkazib oldi va bu natijaga erishgan liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. O‘yin kuni Sancho 20 yosh, 10 oy-u 26 kunlik edi.
Avvalroq “Borussiya” yozda Sanchoni 100 million yevroga sotib yuborishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Jeydon Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)