Jahonning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Australian Open musobaqasi finalida Daniil Medvedev bilan to‘qnash keldi.
Unda serbiyalik tennischi 7:5, 6:2, 6:2 hisobini qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Bu Novak uchun “Ulkan toj” musobaqalaridagi 18-g‘oliblik bo‘ldi. Shuningdek, u 9-marta Avstraliyadagi turnirda g‘olib chiqdi.
Shu tariqa 33 yoshli Jokovich Rafael Nadaldan keyin “Ulkan toj” tasnifiga kiruvchi bir musobaqada 9 marta g‘olib bo‘lgan ikkinchi tennischi bo‘ldi. Ispaniyalik afsona “Rolan Garros”ning 13 karra g‘olibi hisoblanadi.
“Ulkan toj” egalari umumiy reytingida esa Jokovich rekordchilar Rojer Federer va Nadaldan (20 tadan) ikkita sovringa ortda qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)