“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 22-turi doirasida “Verona”ga qarshi kechgan 20-fevral kungi uchrashuvda (2:2) maydonga tushdi.
WhoScored portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 7,1 ballga baholagan. Bu genuyaliklar safida Milan Badeldan (8 ball) keyingi eng yaxshi natija bo‘ldi. Eldor uchrashuvning 46-daqiqasida maydonga tushdi va jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.
Shomurodov maydonda harakat qilgan 45 daqiqa davomida 24 marta to‘pga tegindi. Uning 15 uzatmasidan 10 tasi (67%) aniq chiqdi. 25 yoshli futbolchi maydonda 4 marta yakkakurashga kirishib, ularning uchtasida muvaffaqiyat qozondi.
SofaScore portali esa o‘zbekistonlik hujumchining o‘yinini 7,3 ballga loyiq ko‘rdi.
Shomurodov A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)