Daryo

Bundesliga. “Borussiya D” Rur derbisida yirik hisobda g‘alabaga erishdi, Holanddan dubl

Dortmund klubi raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

1 daqiqa o‘qish32 770 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 22-turida “Shalke-04” va “Borussiya D” jamoalari 20-fevral, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Twitter

“Borussiya D” raqib jamoa darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Bellashuvning 42-daqiqasida Jeyson Sancho hisobni ochib bergan bo‘lsa, 3 daqiqa o‘tib Erling Holand jamoasining 2-golini urdi. 60-daqiqaga kelib Rafael Gerreyru hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 79-daqiqaga kelib Holand o‘z nomini ikkinchi marta tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Dortmuntning “Borussiya” jamoasi 36 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Shalke-04” klubi 22 turda bor yo‘g‘i 9 ochko to‘plagan holda jadvalning so‘nggi pog‘onasini band qilgan.

Bundesliga

22-tur

20-fevral, shanba

“Shalke-04”—“Borussiya D” 0:4

Gollar: 0:1 – 42 Sancho, 0:2 – 45 Holand, 0:3 – 60 Gerreyru, 0:4 – 79 Holand

“Shalke-04”: Fermann (Langer, 32), Bekker, Ochipka, Tiav, Kolashinats, Stambuli, Serdar, Bujelyab (Shopf, 46), Villiam (Maskarel, 46), Harit, Hopp (Raman, 66).

“Borussiya D”: Hits, Morey (Mene, 83), Hummels, Jan, Gerreyru, Dileyni (Mukoko, 83), Brandt (Bellinghem, 61), Daud (Reyna, 80), Sancho, Roys (Reyner, 80), Holand.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar