• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidagi janjalda ishtirok etgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi 20-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidagi janjalda ishtirok etgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zbekiston axborot agentligining xabar qilishicha, 2021-yil 19-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida “Neftchi” — “Turon” futbol o‘yinida kelib chiqqan janjal bo‘yicha jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib tamomlangan.

    Sudning hukmiga ko‘ra, ish bo‘yicha sudlanuvchi “Neftchi” jamoasi futbolchilari Doston Toshmatov, Jamshid To‘raqulov va shu kuni janjalda ishtirok etgan muxlislar, ya’ni sudlanuvchilar R. Alimov, A. Mahkamov, M. Parmonov A. To‘lqinboyev D. Tursunov va O. Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi “B” bandi (bezorilik, ya’ni ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga ayblangan modda sanksiyasi doirasida 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Sudlanuvchilarga sutkaning soat 22:00 dan soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda yashash joyidan chiqishi cheklanib, jazoni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joylarini o‘zgartirmaslik kabi qo‘shimcha taqiq yuklandi.

    Sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

    Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda muqaddam sudlanmaganligi, oilaviy sharoiti, qilmishidan chin pushaymonligi, yashash joyidagi Yoshlar ittifoqi, mahalliy kengashlar deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va jamoatchilik guruhlari tomonidan berilgan kafolat xatlari va tavsifnomalarda ko‘rsatilgan holatlar inobatga olingan.

    Bundan tashqari, mazkur janjalda ishtirok etgan sudlanuvchi G‘. Mullajonov jinoyatni o‘ta xavfli retsidivist bo‘lgani holda sodir qilganligi uchun unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Sudning hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan, sudlanuvchilar va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan va protest bildirmagan taqdirda qonuniy kuchga kiradi.

    Eslatib o‘tamiz, “Neftchi”—“Turon” uchrashuvi tugaganidan keyin “Neftchi” futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlangandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

    Shundan so‘ng o‘yindan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklarda ishtirok etgan besh nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani va olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochilgani, ular orasida ikki nafar “Neftchi” futbolchilari ham borligi haqida xabar berilgandi.

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh va Ichki ishlar vazirligi “Neftchi” — “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvda yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borgandi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra quyidagicha qarorlar qabul qilingandi:

    • “Neftchi” klubi futbolchisi Jamshid To‘raqulov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga qasddan tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan O‘FA Intizom kodeksining 5.6 va 5.49-bandlariga asosan 10 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatish intizom chorasi qo‘llandi;
    • “Neftchi” klubi futbolchilari Sherzod Abduraimov, Sanjar Zokirov va Jamshid Qobulov uchrashuv bosh hakamiga hujum qilganligi uchun ularning har biri O‘FA Intizom kodeksining 5.48-bandiga asosan 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so‘mdan jarimaga tortildi;
    • “Neftchi” klubi futbolchisi Doston Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami Saylavovga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi uchun Intizom kodeksining 5.49-bandiga asosan 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi;
    • Uchrashuv yakunlangandan so‘ng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi mas’ullari jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq yetarlicha choralar ko‘rilishini ta’minlamagani uchun “Neftchi” futbol klubiga nisbatan Intizom kodeksining 5.4-bandiga asosan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish va 100 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llandi.

    Mavzuga doir: Video: O‘zbekistonda mag‘lubiyati ularning yosh muxlislarini yig‘latadigan futbol jamoalari hali ham bor. Yap-yangi dalil — farg‘onalik bolakay

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    21.02.2021, 18:20   Izoh (0)   32954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    WhoScored “Jenoa” — “Verona” uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi. Eldor Shomurodov genuyaliklar safida eng yaxshilardan biri bo‘ldi

    21.02.2021, 17:59

    Vadim Abramov: Oston O‘runov o‘z o‘yini bilan “Spartak”ga qaytishga loyiqligini isbotlashi mumkin

    21.02.2021, 16:57

    “Liverpul” so‘nggi 98 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi

    21.02.2021, 15:06

    Oston O‘runovning “Ufa”ga transferi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    21.02.2021, 14:30

    UFC. Derrik Lyuis Kyortis Bleydsni nokautga uchratdi, Aleksey Oleynik 1-raunddayoq mag‘lub etildi

    21.02.2021, 11:16

    Tailand Premyer Ligasi. Sardor Mirzayevning het-triki “Muangtong Yunayted”ga g‘alaba keltirdi

    20.02.2021, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.