O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi (v.b.) etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lavozim bir muncha vaqt vakant bo‘lib kelgan.
Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozim tayinlovlari ro‘y bergani, shuningdek, Toshkent shahar prokurori o‘zgargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)