• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda havo transporti aholi punktlari ustida parvoz qilishiga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston havo kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda. Xususan, kodeksning 67-moddasi bo‘yicha taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga asosan, endilikda aholi punktlari bo‘ylab havo kemalarining parvozlarini amalga oshirishga ruxsat etilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Transport vazirligi va “O‘zaviatsiya” agentligi vakolatlarini belgilash, eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibini o‘rnatish bo‘yicha vakolatli organni belgilash, shuningdek, aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini qonuniy ravishda belgilash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi loyihasi ishlab chiqildi.

    Mazkur qonun loyihasi umumiy 5 ta banddan iborat. Ulardan 4 tasi texnik jihatdan kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardir.

    Qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilarga asoslanadi:

    Birinchidan, Prezidentning “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1- fevraldagi farmoniga muvofiq “Davavianazorat” inspeksiyasi “O‘zaviatsiya” agentligi etib qayta tashkil etilgani munosabati bilan aviatsiya ma’muriyati vazifalarini Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi zimmasiga yuklash;

    Ikkinchidan, amaldagi eksperimental havo kemalarini davlat ro‘yxatiga olish qoidalari “Davavianazorat” inspeksiyasi buyrug‘i bilan tasdiqlangan va prezidentning 2020-yil 19-maydagi farmoniga asosan hujjatni yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat shakliga o‘tkazish uchun amaldagi Havo kodeksining 39-moddasini tegishli qo‘shimcha bilan to‘ldirish;

    Uchinchidan, prezidentning 2018-yil 11-apreldagi farmoniga muvofiq, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish (Handling) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish bo‘yicha talablar bekor qilingani munosabati bilan kodeksning 96- va 97-moddalari chiqarib tashlash;

    To‘rtinchidan, kodeksning amaldagi 67-moddasining birinchi qismi aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirishni deyarli taqiqlaydi. Bu esa mamlakatning aholi punktlarida havo kemalaridan keng foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda.

    Masalan, bir dvigatelli samolyot Toshkent shahri ustida parvozini kamida 1000 metrdan ortiq balandlikda amalga oshirishi lozim, sababi agar samolyot dvigateli ishdan chiqsa bu holda samolyot aholi punktidan tashqarida qo‘nishni amalga oshirishi yoki eng yaqin aerodromda qo‘nishi talab etiladi.

    Bu normani vertolyot uchun umuman qo‘llab bo‘lmaydi, chunki dvigateli ishdan chiqsa, u aholi punkti tashqarisiga yoki eng yaqin aerodromgacha parvozini davom ettirish imkoni amalda mavjud emas.

    Xalqaro amaliyotga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlarda parvozlarni amalga oshirish qoidalaridan kelib chiqqan holda havo kemalarining aholi punktlari ustidagi parvoziga ruxsat berilgan.

    Kodeksning 67-moddasiga taklif etilayotgan o‘zgartirishlar Prezidentning 2020-yil 2-martdagi farmoniga asosan, aholi punktlari bo‘ylab havo kemalari parvozlarini amalga oshirish, bu parvozlar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda, qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirishda, quruqlikda harakatlanayotgan transportlarning harakatini havodan turib nazorat qilishda, shuningdek, turizm sohasi va biznes ehtiyojlarini qondirish uchun havo kemalaridan aholi punktlari ustida foydalanishga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida kiritilmoqda.

    Qonun loyihasini tayyorlashda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari, Yevropa ittifoqi qoidalari, AQSh, Yangi Zelandiya, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya kabi davlatlarning amaliyotlari o‘rganilgan va qiyosiy tahlil qilingan.

    Nashr jurnalisti mazkur masala yuzasidan Havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari Doniyor Jumayev bilan suhbatlashdi.

    – Aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirish qonuniy ravishda ruxsat berilsa, bu holda aholiga xavf tug‘ilmaydimi?

    – Qonun loyihasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, yerdagi odamlarga yoki ularning mol-mulkiga xavf solmasdan, aholi punktlari ustidagi parvozlar faqatgina belgilangan yo‘nalishlar va balandliklarda nazarda tutilgan.

    Odatda bunday yo‘nalishlar katta magistral yo‘llar, daryolar va kanallar bo‘ylab tanlanadi va belgilanadi.

    Misol uchun, Toshkent aeroportidan Yangi ToshMIgacha borish uchun vertolyot shaharni markazidan to‘g‘ri kesib o‘tib ketmaydi. Buning uchun avval “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan xavfsiz yo‘nalish ishlab chiqiladi va Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

    Yo‘nalish Toshkent aeroportidan uchib Toshkent halqa yo‘li ustidan parvoz qilib ToshMida qo‘nadi.

    – Marshrutlarni belgilash, alohida hollarda parvozlarni amalga oshirish qanday tartibga solinadi?

    – Inson hayotini qutqarish maqsadida parvoz qilish yoki alohida hollarda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Havo hududidan foydalanish normalari amaldagi kodeksning 2-, 4- va 9-moddalarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom”da belgilab berilgan.

    – Kichik aviatsiya xizmatidan foydalanish maqsadida aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirish uchun kelib tushgan so‘rovnomalar bo‘yicha statistika ma’lumotlari bormi?

    – 67-moddaning amaldagi tahririning birinchi qismi aholi punktlari ustida parvozlarni amalga oshirishni deyarli taqiqlagani sababli hozirgi kungacha deyarli so‘rovnomalar bo‘lmagan, shu sababli statistika ma’lumotlari hozircha mavjud emas. Umid qilamizki, taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi kichik aviatsiya rivojlanishiga yo‘l ochib beradi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida 2020-yilning 1-avgustidan “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgandi.

    12.02.2021, 06:54   Izoh (0)   22377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga chalingani tufayli O‘zbekistonga qayta olmagan migrant butun Rossiyani portlatish bilan tahdid qildi

    12.02.2021, 06:39

    Toshkentda 12 foizli avtokredit berishga ishontirgan korxona rahbari 100 dan ortiq kishini aldab, pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi

    12.02.2021, 06:08

    O‘zbekistonda 2020-yilda qancha firibgarlik jinoyatlari qayd etilgani ma’lum qilindi

    12.02.2021, 03:42

    Farg‘onada 8 gektar yer olishda yordam berish evaziga 8 ming dollar olgan sobiq kadastr xodimi ushlandi

    12.02.2021, 01:24

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarni Rossiyaga olib kirib qo‘yish xizmatlarini taklif etayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqirdi

    12.02.2021, 00:58

    Gulistonda 1,5 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    12.02.2021, 00:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.