O‘zbekistonda 2020-yilda 10 mingdan ortiq ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilib, 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylandi.
IIV Tergov departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 10 mingdan ortig‘ini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi.
Yer, uy oldi-sotdisi (13.9 foiz), chet elga ishga jo‘natish (13,1 foiz), o‘qishga yoki ishga kiritish (9 foiz) kabi va’dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng ko‘p uchraydigan firibgarlik bo‘lib qolmoqda.
“Fuqarolarimizning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga bo‘lgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzog‘iga tushishlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi”, — deyiladi departament xabarida.
Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilda salkam 28 ming kishi sudlangani, ularning 7110 nafari ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida korrupsion jinoyatlar oqibatida jami 371 milliard so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Izoh (0)