Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim finali ilk uchrashuvi doirasida “Sevilya” va “Barselona” jamoalari 10-fevral, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Bellashuvning 25-daqiqasida urilgan Jyul Kundening goli evaziga mezbonlar oldinga chiqib oldi. 85-daqiqaga kelib “Barselona”ning sobiq a’zosi Ivan Rakitich “Sevilya” g‘alabasini mustahkamladi.
Shu tariqa ilk uchrashuv “Sevilya” foydasiga hal bo‘ldi. Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 3-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi yarim final bahsi “Atletik B” va “Levante” o‘rtasida 11-fevral, payshanba kuni o‘tkaziladi
Ispaniya Kubogi
Yarim final bahsi
10-fevral, chorshanba
“Sevilya” — “Barselona” 2:0
Gollar: 1:0 – 25 Kunde, 2:0 – 85 Rakitich.“Sevilya”: Bunu, Kunde, Eskudero (Munir, 69), Diyego Karlos, Aleysh Vidal, Jordan (Gudel, 80), Fernando, Suso (Oliver Torres, 82), Rakitich, Gomes (Rekik, 69), An-Nesiri (de Yong, 69).
“Barselona”: ter Shtegen, Umtiti (Trinkau, 90), Mingesa, Firpo, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Puch, 85), Dembele, Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Alba (45), Jordan (64), Eskudero (66), Aleysh Vidal (84).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)