• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Alvido, qirol! 2020-yilda hayotdan ko‘z yumgan futbol yulduzlari

    Ortda qolgan 2020-yil koronavirus pandemiyasi tufayli barcha uchun nihoyatda og‘ir kechdi. Ushbu yilda minglab insonlar o‘z yaqinlarini yo‘qotdi. Shu jumladan, futbol olami ham 2020-yilda ko‘plab yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi. Aslida ularning soni ko‘p, biroq hozir 2020-yilda hayot bilan vidolashgan eng taniqli futbol darg‘alari haqida fikr yuritamiz.

    Diyego Maradona (1960—2020)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Noyabr oyining oxiriga kelib, butun futbol olamini bir dahshatli xabar qayg‘uga soldi: afsonaviy Diyego Maradona bu yorug‘ olamni tark etdi. Maradonaning bundan 100 yillardan keyin ham futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan bo‘lib qolishiga hech qanday shubha yo‘q. Bundan tashqari uning shaxsiyatiga ham hali uzoq yillar davomida Argentina, Kataloniya va ayniqsa, Neapolda ehtirom ko‘rsatiladi. Bunga “Napoli”ning uy stadioni nomi Diyego Maradona sharafiga o‘zgartirilgani ham yaqqol misol bo‘la oladi.

    Maradona nafaqat maydondagi mahorati bilan, balki uning tashqarisidagi harakatlari bilan ham muntazam ravishda futbol jamoatchiligini o‘ziga qaratib kelgan. Argentinalik qanday turmush tarzi olib borganidan qat’i nazar, u futbol rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Bugun siz-u bizning sevimli futbolchilarimizga aylangan futbolchilar aynan Maradonaning o‘yinlarini ko‘rib futbolga qadam qo‘ygan. Shunday u o‘z vazifasini ortig‘i bilan ado etgan deyish mumkin. Maradona 60 yoshida o‘z turmush tarzi qurboni bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Futbol afsonasi Diyego Maradona hayoti va faoliyatidagi eng yorqin lahzalar (fotogalereya)

    Paolo Rossi (1956—2020)

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Italiya futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilaridan biri, 1982-yilgi “Oltin to‘p” sohibi, JCh—82 ning eng yaxshi o‘yinchisi va to‘purari Paolo Rossi Maradonaning o‘limidan ikki hafta o‘tgach vafot etdi (dekabr oyida). Futbolchilik faoliyatidan so‘ng telekanallarda ekspertlik qilgan va o‘zini tadbirkorlik sohasida sinab ko‘rgan Rossining maydonda amalga oshirolmaydigan ishi yo‘q edi va o‘z vaqtida mukammal hujumchi sifatida qabul qilingandi.

    Biroq Rossi ham Maradona singari faoliyatida ko‘plab mojaro va janjallarga to‘qnash kelgan. Hatto u firibgarlikda ayblanib, qamalib chiqishga ham ulgurgandi. Ammo italiyalikning boshiga tushgan qiyinchiliklari unga maydonda sehrli ishlarni amalga oshirishda xalaqit bermasdi. Aftidan, u aynan shu tariqa afsonaga aylangan ko‘rinadi. Rossi 65 yoshida saratonga mag‘lub bo‘ldi.

    Papa Buba Diop (1978—2020)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘zining jismoniy imkoniyatlari va tashqi gabaritlari bilan “shkaf” laqabini olgan Papa Buba Diop faoliyatining katta qismini Angliyada o‘tkazgan. Uning rezyumesidan “Fulhem”, “Portsmut”, “Vest Hem” va “Birmingem” kabi tumanli albionning o‘rtamiyona jamoalari o‘rin olgan.

    Futbolchi o‘z mashhurligining cho‘qqisiga 2002-yilgi mundialda erishadi. O‘shanda Diop boshchliigidagi Senegal termasi guruh bosqichida amaldagi Jahon chempionlari — fransuzlarni mag‘lub etib (1:0), musobaqaning chorak finaliga qadar yetib boradi. Biroq “shkaf”ning keyingi hayoti ko‘ngildagidek kechmaydi, unga bir qator kasalliklar hujum qiladi. Shu tariqa Senegal afsonasi 43 yoshida bu dunyo bilan vidolashdi.

    Alexandro Sabelya (1954—2020)

    Foto: FootBoom

    Foto: FootBoom

    Sabelya deyarli butun futbolchilik faoliyatini vatani Argentinada o‘tkazgan va o‘yinchi sifatida katta mashhurlikka erishmagan. Ammo uning murabbiylik faoliyati Argentina va butun futbol olamida yuqori baholanadi. Alexandro ikki bor mamlakat bosh jamoasini boshqargan: 1994—1998-yillardagi birinchi urinishida deyarli hech qanday muvaffaqiyatga erishmaydi. Ammo 2011-yilda, ikkinchi marta Argentina boshqaruvini qo‘lga olganida, haqiqatan ham alohida ta’kidlashga arziydigan natijaga erishadi. Uning jamoasi Braziliya yashil maydonlarida o‘tgan mundialda 24 yil ichida ilk bor finalga qadar yetib boradi. Afsuski, hal qiluvchi o‘yinda Germaniya Mario Gyotsening so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga g‘alabani ilib ketadi. Nima bo‘lganda ham, uni mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqa oldi. Kimdir bunda Lionel Messining xizmatlari katta ekanligini aytishi mumkin, biroq jamoaning yutug‘ini birgina futbolchi bilan bog‘lash mantiqan noto‘g‘ri bo‘ladi, futbolchining kim bo‘lishidan qat’i nazar. Sabelya 66 yoshida yurak sohasidagi muammolar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

    Boshqa maqolalar:

    • Xayr, maestro! 2020-yilda butsasini mixga ilgan taniqli futbolchilar haqida
    • Sodiqlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas! “Barselona”da ham, “Real” safida ham o‘ynagan futbolchilar
    • Yanvar xaridlari: qishki transferlar oynasida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar
    • Kantonaning “parvozi”, Suaresning “sehrli qo‘li” va Zidanning “kalla qo‘yishi”. Futbol tarixidagi eng esda qolarli qizil kartochkalar (foto)
    • Messining samoga qaratilgan qo‘llari, Jezusning sirli qo‘ng‘irog‘i va Ronalduning parvozi. Futbol yulduzlarining gollarni nishonlashi nimani anglatadi?

    10.02.2021, 23:06   Izoh (0)   24658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” 109 yillik rekordini takrorladi

    10.02.2021, 21:26

    Yurgen Kloppning onasi 81 yoshida vafot etdi. Mutaxassis karantin cheklovlari sabab dafn marosimiga bora olmadi

    10.02.2021, 20:39

    Abubakar va Umar Nurmagomedov UFC 260 musobaqasida jang qiladi

    10.02.2021, 20:03

    Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan “Lokomotiv”ning “Rotor”ga qarshi o‘yini bekor qilindi. Toshkent klubiga raqib jamoa taklif qilgan sharoit yoqmagan

    10.02.2021, 19:01

    O‘zbekiston futbol bo‘yicha Turkiya Superkubogiga mezbonlik qilishi mumkin

    10.02.2021, 18:02

    O‘smirlikdan yetuklikkacha. Neymarning soch turmagi 12 yil ichida qay darajada o‘zgardi?

    10.02.2021, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.