• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bosniyalikdan daniyalikkacha. “Barselona” tarixidagi to‘qqizinchi raqamlar

    Ortda qolgan 2020-yilda, Lionel Messining “Barselona”dan ketmoqchi bo‘lgan chog‘da ispan OAVlarida daniyalik hujumchi Martin Breytueytning 10-raqamni olmoqchi ekani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab “Barselona” muxlislari bu yangiliklardan hayratga tushdi va qaysidir ma’noda g‘azablandi ham. Ammo keyinchalik bu shunchaki hazil ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Biroq har bir hazilda qanchadir miqdorda haqiqat bo‘ladi deyilganidek, Luis Suares jamoani tark etganidan keyin daniyalik hujumchi afsonaviy 9-raqamni olishdan uyalib o‘tirmadi. Shunday ekan, Messi ketgan taqdirda uning uning 10-raqamni olmasligiga hech qanday kafolat yo‘q edi.

    Barca blogi shu munosabat bilan katalonlar safida 9-raqam ostida to‘p surgan barcha futbolchilarni eslashga qaror qildi. Avvallari o‘yinchilarga butun mavsum uchun ma’lum raqam berilmasdi. Raqamni har bir uchrashuv oldidan tanlash mumkin bo‘lgan. Faqat 1995-yilga kelibgina (zamonaviy) qoidalar joriy etildi. Afsonaviy ro‘yxat bilan tanishtirish aynan shu vaqtdan boshlanadi:

    Meho Kodro (Bosniya)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    1994/95-yilgi mavsumda “Real Sosyedad”da o‘ynagan bosniyalik hujumchi 25 ta goli bilan La Liga to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallaydi. O‘sha mavsum tugashidan bir oy oldin 28 yoshli Kodroga Yoxan Kroyffning shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, uni “ko‘k-anorranglilar”ning yangi loyihasining bir qismi bo‘lishni taklif qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, suhbat atigi ikki daqiqa davom etgan.

    “Barselona”da Kodro faqatgina bir mavsum o‘tkazadi va 43 o‘yinda 15 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylanadi. O‘sha yili “Barsa” Ispaniya chempionatida 3-o‘rinni egallaydi. Natijada, Kroyff ishdan bo‘shatiladi. Jamoaga esa boshqa bir yulduz Ronaldo olib kelinadi. Bosniyalik esa zaxira o‘rindig‘ida qolishni istamaydi va jamoani tark etishga qaror qiladi.

    Ronaldo (Braziliya)

    Foto: Marca

    Foto: Marca

    O‘tgan asrning 90-yillari ikkinchi yarmida “Fenomen” laqabli braziliyalik sayyoradagi eng samarali forvard hisoblanardi. U “Barselona” safida bir mavsumda 49 o‘yinda 47 ta gol urdi. Aynan “so‘yloq”ning yagona goli 1997-yilgi Kubok egalari Kubogi finalida “Barselona”ga PSJ ustidan g‘alaba keltiradi.

    Sonni Anderson (Braziliya)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Braziliyalik Ronaldodan keyin “Barselona”ning asosiy markaziy hujumchisi “Monako”dan sotib olingan vatandoshi bo‘ladi. Sonni katalonlar safida ikki mavsumda 68 uchrashuvda 21 ta gol urgan.

    Patrik Klyuyvert (Niderlandiya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Niderlandiyalik futbolchi asr boshlarida “Barsa”ning asosiy to‘purarlaridan biri bo‘ldi. Klyuyvert o‘sha mashhur Rivaldo bilan birgalikda ko‘p yillar davomida butun Yevropani dahshatga solib kelgan. 1998–2004-yillarda Patrik 257 o‘yinda 122 ta gol uradi. O‘sha davr hujumchisi uchun bu juda yaxshi natija hisoblanardi. Patrik “Barsa”dagi birinchi mavsumini 19-raqamda o‘tkazadi, Sonni Anderson ketganidan keyin esa to‘qqizni oladi.

    Samyuel Eto’O (Kamerun)

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2000-yillarning o‘rtalarida “Barselona”da yana bir afsonaviy hujumchilar tandemi shakllanadi. Rivaldo va Klyuyvert o‘rnini Eto’O va Ronaldinyo egallaydi. Kamerunlik katalonlar safidagi olti mavsumida ikki bor Chempionlar Ligasini yutishga yordam berdi va har ikkala final o‘yinida ham raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Umuman hisobda Eto’O “Barselona” safida 199 uchrashuvda 130 ta gol urgan.

    Zlatan Ibrahimovich (Shvetsiya)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2010-yilda “Inter” va “Barsa” o‘rtasida markaziy hujumchilar almashinuvi ro‘y beradi. EtoO Joze Mourinyoning “Inter”iga o‘tgan bo‘lsa, Zlatan “Kamp Nou”ga keladi. Asosiy hujumchi pozitsiyasi bilan bir qatorda Ibra kamerunlikdan afsonaviy to‘qqizinchi raqamni ham meros qilib oladi. Shvetsiyalik “Barsa”da bir mavsum o‘tkazib, 46 uchrashuvda 22-marta gol urishga muvaffaq bo‘ladi.

    Boyan Krkich (Ispaniya)

    Foto: Marca

    Foto: Marca

    Ibra jamoadan ketgach, 9-raqam avval 27 va 11-raqamlar ostida o‘ynagan “Barselona” tarbiyalanuvchisiga o‘tadi. Vinger sifatida harakat qilgan Boyan “Barsa” tarkibida 163 uchrashuv o‘tkazib, 41 ta gol urgan.

    Aleksis Sanches (Chili)

    Foto: Sportbox

    Foto: Sportbox

    Krkich sotib yuborilgach, uning o‘rniga afsonaviy raqamni “Udineze”dan xarid qilingan Aleksis Sanches qo‘lga kiritdi. “Barsa”da chililik futbolchi 141 o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol uradi.

    Luis Suares (Urugvay)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Kataloniya poytaxtidagi oltita mavsumda (to‘liq bo‘lmagan) Suares klub tarixidagi eng sermahsul o‘yinchilar uchligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Messi, Neymar va o‘zidan iborat bo‘lgan trioning bir qismiga aylangan urugvaylik 285 uchrashuvda 195 ta gol urgan. Suaresning 2015-yilgi Chempionlar Ligasi finalidagi g‘alaba to‘pi va ko‘plab qaychi uslubidagi durdonalari “Barselona” muxlislari xotirasida abadiy saqlanib qolinishiga hech qanday shubha yo‘q. Afsuski, klub u bilan munosib tarzda xayrlashmadi.

    Martin Breytueyt (Daniya)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Daniyalik hujumchi har qancha tanqid qilinishiga qaramay, nafaqat “Barselona” tarixiga kirdi, balki Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan “Dinamo Kiyev”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Bu esa unga Suaresning 5 yil ichida Chempionlar Ligasi mehmon o‘yinlaridagi urgan gollaridan yaxshiroq natija qayd etishi uchun yetarli bo‘ldi.

    Breytueyt kataloniyaliklar tarkibidagi ilk mavsumida 19-raqamda to‘p surdi. Xuddi shunday holat yuqorida ta’kidlangan Patrik Klyuyvertda ham kuzatilgan. Shunday ekan, kim bilsin, balki Martinga ham mashhur niderlandiyalikning muvaffaqiyatini takrorlash nasib etar.

    Boshqa maqolalar:

    • Sodiqlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas! “Barselona”da ham, “Real” safida ham o‘ynagan futbolchilar
    • Yanvar xaridlari: qishki transferlar oynasida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar
    • Kantonaning “parvozi”, Suaresning “sehrli qo‘li” va Zidanning “kalla qo‘yishi”. Futbol tarixidagi eng esda qolarli qizil kartochkalar (foto)
    • Messining samoga qaratilgan qo‘llari, Jezusning sirli qo‘ng‘irog‘i va Ronalduning parvozi. Futbol yulduzlarining gollarni nishonlashi nimani anglatadi?

    10.02.2021, 23:28   Izoh (0)   16622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alvido, qirol! 2020-yilda hayotdan ko‘z yumgan futbol yulduzlari

    10.02.2021, 23:06

    “Manchester Yunayted” 109 yillik rekordini takrorladi

    10.02.2021, 21:26

    Yurgen Kloppning onasi 81 yoshida vafot etdi. Mutaxassis karantin cheklovlari sabab dafn marosimiga bora olmadi

    10.02.2021, 20:39

    Abubakar va Umar Nurmagomedov UFC 260 musobaqasida jang qiladi

    10.02.2021, 20:03

    Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan “Lokomotiv”ning “Rotor”ga qarshi o‘yini bekor qilindi. Toshkent klubiga raqib jamoa taklif qilgan sharoit yoqmagan

    10.02.2021, 19:01

    O‘zbekiston futbol bo‘yicha Turkiya Superkubogiga mezbonlik qilishi mumkin

    10.02.2021, 18:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.