“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning onasi Elizabet 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Dafn qilish marosimi 9-fevral, seshanba kuni Germaniyada bo‘lib o‘tdi. Klopp koronavirus tufayli Yevropada joriy etilgan cheklovlar sabab marosimda qatnasha olmadi.
“U men uchun butun borliq edi. U haqiqiy ona edi, umid qilamanki, u eng yaxshi olamga yo‘l olgan. Dafn marosimida qatnasha olmadim. Bu hozirgi dahshatli holat bilan bog‘liq. Biroq vaziyat yumshashi bilan biz xotirlash marosimini o‘tkazamiz”, — deydi Klopp.
Avvalroq Germaniya hukumati Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi. Angliyada tarqalgan virusning yangi shtammi bunga sabab bo‘lgan. Cheklovlar 16-fevralga qadar kuchda bo‘ladi. Avvalroq mana shu cheklovlar sabab YChL doirasidagi ko‘plab uchrashuvlar qatori “Liverpul” — “Leypsig” o‘yini boshqa joyga ko‘chirilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)