Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/8 final uchrashuvlaridan biri 10-fevral, chorshanba kuni “Everton” va “Tottenhem” klublari o‘rtasida kechdi. “Gudison Park”da bo‘lib o‘tgan bellashuv 5-4 hisobida mezbonlar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.
Ushbu o‘yin 1961-yildan buyon Angliya Kubogi doirasida ikki yuqori divizion vakillari o‘rtasidagi eng sarmahsul uchrashuv bo‘ldi. 60 yil avvalgi eng sermahsul bahsda “Sheffild Uensdey” jamoasi “Manchester Yunayted”ni 7:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
“Everton” jamoasi yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson uchrashuv qahramonlaridan biri bo‘ldi. Islandiyalik 31 yoshli futbolchi o‘z hisobiga bitta gol va 3 golli uzatma yozdirib qo‘ydi. |
Shu tariqa u 2012-yildan beri “Everton” safidagi bir o‘yinda uchta golli uzatma amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi. 9 yil avval bu ishni jamoaning sobiq yarim himoyachisi Stiven Pinar amalga oshirgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)