“Barselona” Ispaniya Kubogi yarim final ilk bahsi doirasida 10-fevral kuni “Sevilya”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi (0:2).
Bu katalonlar hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi 900-o‘yin bo‘ldi. Ularning 758 tasi “Barselona” safida o‘tkazilgan bo‘lsa, yana 142 tasi Argentina terma jamoasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, bu Messi uchun “Sevilya”ga qarshi kechgan 41-o‘yin bo‘ldi. Ularda argentinalik futbolchi 37 ta gol urgan, shuningdek, 16 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Messi La Liga 2020/21-yilgi mavsumida shu vaqtga qadar 19 o‘yin o‘tkazib, 13 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)