Myunxenning “Bavariya” jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Qatar mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finali doirasida Meksikaning “Tigres” klubiga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi.
31 yoshli futbolchining koronavirusga qarshi topshirgan testi manfiy natija ko‘rsatgan, deb yozadi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myunxen klubi finalda koronavirus sababli ikki yarim himoyachi — Xavi Martines va Leon Goretska xizmatlaridan ham foydalana olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida “Bavariya” va “Tigres” jamoalari 11-fevral, payshanba kuni 23:00 da o‘zaro bahs yuritadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)