PSJ hujumchisi Neymar Fransiya Kubogi 1/32 finali doirasida “Kan”ga qarshi kechgan 10-fevral kungi o‘yinda (1:0) jarohat oldi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida braziliyalik futbolchi chap oyog‘i mushaklaridan jarohat oldi va o‘z o‘rnini Kilian Mbappega bo‘shatib berdi. Neymar bir yo‘la kiyinish xonasiga yo‘l olgan.
Qayd etish joiz, bu Neymar uchun PSJ safida sardorlik bog‘ichidagi ilk uchrashuv edi.
PSJ keyingi o‘yinni Liga 1 doirasida 13-fevral kuni “Nitssa”ga qarshi o‘tkazadi. Keyin esa parijliklarni Chempionlar Ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi bahs (16-fevral) kutib turibdi.
Avvalroq PSJning yana bir yetakchisi Anxel di Mariya jarohat sabab safdan chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)