“Barselona” himoyachisi Xerard Pike hakamlik borasidagi gaplari uchun jazoga tortilishi mumkin.
Avvalroq futbolchi La Liga hakamlarining 85 foizi “Real”ni qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.
Marca’ning xabar qilishicha, Ispaniya futbol federatsiyasi Pikega nisbatan tartib intizom ishi qo‘zg‘agan. Endilikda Musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasi himoyachi bilan bog‘liq ishni o‘rganib chiqadi.
Ta’kidlanishicha, Pike bu so‘zlari uchun to‘rttadan 12 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya yoki 601 dan 3 ming yevrogacha bo‘lgan miqdordagi moddiy jarimaga tortilishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)