• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Toshkentda ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib, mashina kapoti ustida videoga tushgan yigit va uning sherigi 5 sutkaga qamaldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi formasini kiyib olib, avtomobil kapoti ustiga chiqqan yigit videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu videotasvir bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Kadr: Videodan skrinshot

    Kadr: Videodan skrinshot

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 6-fevral kuni Internet tarmog‘ida tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimining formasida bo‘lgan noma’lum shaxs avtotransport kapotida bo‘la turib yo‘l bo‘ylab harakatlangan. Mazkur videolavhani suratga tushirishda qatnashgan kishilarning shaxslari Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan aniqlandi.

    Tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2021-yil 18-yanvar kuni 24 yoshli Abdurahmon Z. tanishi 24 yoshli Alim K. bilan birga videolavha suratga olish niyatida do‘konlardan birida ichki ishlar organi xodimining formasini ijaraga olgan, shuningdek, bozordan yo‘l-patrul xizmati xodimining jezliga o‘xshash jezl ham xarid qilgan.

    Mazkur shaxslar tanishi 34 yoshli Otabek K.dan davlat raqami 10 G 603 SA bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomobilni vaqtinchalik foydalanish niyatida olgan, ammo uni boshqarishga huquqi bo‘lmagan.

    Shundan so‘ng Yunusobod tumani, Turg‘unboyev ko‘chasi, “Iftixor” mahallasida Alim K. ichki ishlar organi xodimining formasini kiygan holda qo‘lida jezl bilan avtomobil kapotiga yotgan. Shu tarzda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining obro‘ va sha’niga zarar yetkazuvchi videolavha suratga olinib, Internet tarmog‘ida tarqatilgan.

    Ikkala shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 209-1-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

    Bundan tashqari, Abdurahmon Z.ga nisbatan transport vositasini ishonchnomasiz boshqargani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylandi.

    Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan Alim K. va Abdurahmon Z.ga nisbatan besh sutkalik ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

    Bundan avval Sirdaryoda ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamalgani, Buxoroda davlat raqam belgisini soxtalashtirib, qonundan qochishga uringan haydovchilar aniqlangani hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

    09.02.2021, 22:56   Izoh (0)   44694
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Formula-1” yulduzi Lyuis Xemilton Porsche Taycan’da harakatlanib muxlislarining hayratiga sababchi bo‘ldi

    09.02.2021, 20:35

    Rolls-Royce kompaniyasi qushlarning pati bilan bezatilgan “kamalak” Phantom’ini namoyish etdi (foto)

    09.02.2021, 19:34

    Angliyada aerotaksi va dronlar uchun aeroport quriladi

    09.02.2021, 15:57

    Video: Qo‘l mehnati bilan yog‘och bo‘laklaridan yasalgan Range Rover Overfinch nusxasi

    09.02.2021, 13:59

    Baydenning prezidentlik limuzini qanday ko‘rinishda bo‘lishi taxmin qilindi

    09.02.2021, 12:34

    Video: Defender, G-Class va Jeep Wrangler o‘zaro arqon tortishdi

    09.02.2021, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15

    Toshkentda velosiped o‘g‘risi 5 yildan ko‘proq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:05

    Samarqand viloyati hokimining to‘rt o‘rinbosari o‘zgardi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:51

    Endokrinolog marmelad shaklidagi vitaminlar xavfi haqida ogohlantirdi

    Farzand | 5 avgust, 18:45

    Hindistonda kuchli sel qishloqni yuvib ketdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 18:35

    “O‘zbekiston—Turkmaniston—Ozarbayjon” formatida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:24

    MIB tarixida eng yirik aliment: Nukusda ota 2,2 mlrd so‘m to‘ladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:10

    Bir-biriga egizakdek o‘xshaydigan mashhur ona va qizlar (foto)

    Shou-biznes | 5 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.