O‘zbekiston hududiga 6—8-fevral kunlari Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Shanba va yakshanba kunlari shamol tezligi 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 22—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba va dushanba kunlari respublikada yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
7—8-fevralda havo harorati kechalari 3—8 daraja iliq, kunduz kunlari 10—15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)