Parlament yuqori palatasining o‘n ikkinchi yalpi majlisida senatorlar Halilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sud raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Luqmon Qodirov, Tal’atjon Meliboyev va Abdurasul Eranov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 15-yanvar kuni Halilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangandi.
U 2020-yilning sentabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida, undan avval esa Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Izoh (0)