• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda maktab hududidagi o‘zboshimcha qurilish OAV aralashuvi bilan to‘xtatildi. Biroq davom etish ehtimoli yo‘q emas

    Buxoro shahridagi 39-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 40 nafardan ortiq o‘qituvchi, murabbiylari hamda ota-onalari nomidan kelib tushgan murojaat yuzasidan “Daryo” muxbiri surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahridagi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan maktab ikki tomonidan qurilish tashkilotlarining qurilish maydoniga aylanib ulgurgan. Bundan esa aholi norozi bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “ ‘Aziya Olot qurilish’ MChJ tomonidan qurilish olib borish maqsadida qazilgan katlovanni bittagina maktab sinfxonalari devori ajratib turibdi. O‘quv binolari 1963-yilda barpo etilgan bo‘lib, ayni kunga kelib qurilish jarayonlari natijasida devorlar ag‘anab ketishi yoxud o‘quvchi-yoshlarga talafot yetkazishi ehtimoli yo‘q emas. Bu masalada Buxoro shahar hokimi-yu viloyat hokimligi mutasaddilariga juda ko‘p bor murojaat qildik. Ammo foydasi bo‘lmadi”, — dedi 39-IDUM direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nodir Nurov.

    Nodir Nurov.

    Nodir Nurov.
    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, “Aziya Olot qurilish” MChJ mas’ullari 2020-yil 10-iyul kuni hech kimni ogohlantirmasdan, ekskavator yordamida maktab hududini va u yerda joylashgan qozonxona binosi devorini buzib tashlagan. Buzilish ishlari bajarilayotgan paytda 1070 nafar o‘quvchi xavfsizligi ta’minlanmagan. Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Narzulla Hamdamov hamda Buxoro shahar hokimi O‘tkir Jumayevlar bilan ushbu masala yuzasidan muloqot qilish uchun bir necha kun davomida qo‘ng‘iroq qildik, biroq bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

    “Aziya Olot qurilish” MChJ rahbari Shavkat Hamroqulovning bildirishicha u qonunbuzilishga yo‘l qo‘ymagan. Loyiha smetada belgilangan qizil chiziqdan chiqmagan. Faqat maktab devorining eskiligi unga tutash binoning qulagani bois abgor ko‘rinish kasb etgan. Quruvchi tashkilot rahbari, shuningdek, muammoni bartaraf etib, maktab devorini soz holga keltirib, to‘siqlarni tiklagach qurilishini davom ettirishini, ayni paytda esa qurilish ishlari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    “Shahar markazida rekonstruksiya ishlari bajarilib, ko‘p qavatli yangi uy-joylar qurilishi yaxshi, albatta. Biroq bunday ishlarni amalga oshirishda aholiga, xususan, ta’lim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik kerak. Big city life MChJ rahbari hamda 39-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori o‘rtasida 2020-yilning 30-noyabrida faqatgina vaqtinchalik mashina mexanizmi qurilishi jarayonida maktabning tutash chegarasiga kirib-chiqishga ruxsat uchun dalolatnoma tuzilgan. Qurilish tashkiloti esa dalolatnomaga zid ravishda maktab stadionining 530,0 metr kvadrat maydonini egallab olib, noqonuniy ravishda profnastillar bilan o‘rab olgan va maktab chegarasidan ichkarida qazish ishlarini olib borgan. Har ikki tomondan o‘quvchilarimizning xavfsizligi ta’minlanmagani ham bizni — maktab jamoasi va ota-onalarni tashvishlantirmoqda”, — deydi Nodir Nurov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri tomonidan olib borilgan surishtiruv jarayonida maktab atrofida uning hududiga zarar yetkazmagan holda rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib borish aslida Buxoro shahar qurilish bo‘limi tomonidan Big city life MChJga emas, balki 2020-yil 9-noyabrdagi №104-sonli hujjat bilan “Industriya plyus servis” MChJga faqat belgilangan maydondagina ishlashga ruxsat berilgan. Shuningdek, Buxoro shahar arxitektura qurilish bo‘limining 2021-yil 18-yanvardagi xatiga asosan Big city life MChJga o‘zboshimchalik bilan olib borilgan qurilish ishlarini bartaraf qilish uchun ogohlantirishlar ham berilgan. Har ikkala quruvchi tashkilotning ham harakatlari noqonuniy ekanligi aniqlanib, yetkazilgan zararni o‘z hisobidan bartaraf etish uchun ikki kunlik muhlat berilgan. Ushbu muhlat allaqachon o‘tganiga qaramay, hanuzgacha ushbu yetkazilgan zararlar bartaraf qilinmagan.

    Foto: “Daryo”

    Big city life qurilish tashkiloti rahbari, yosh tadbirkor jurnalistik surishtiruv jarayonida “Daryo” muxbirini iznsiz ovozini yozib olayotganlikda ayblab, po‘pisa ham qilgan.

    “Buxoro shaharsozlik loyihasiga ko‘ra, biz qurilishni boshlamoqchi bo‘lib turgan obyekt yonidan ‘Buxoro’ markaziy stadion yo‘nalishida yo‘l o‘tishi belgilangan. Shunga ko‘ra, qurilish ishlari davomida shu yo‘l mustahkamligini ta’minlash uchun uning ostini shag‘al bilan to‘ldirish kerak edi. Ayni paytda esa biz tomondan qazilgan katlovandan zax suvi chiqdi. Bir necha marta nasos orqali zax suvni chiqardik. Baribir, haligacha chuqurlik qurimagan. Ogohlantirish xatida belgilangan muddatda muammoni bartaraf etib bo‘lmayotgani ayni shu masalaga bog‘liq. Noqonuniy harakatim uchun menga viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan jarima qo‘llanildi. Jarimani ham to‘laymiz”, — dedi qurilish tashkiloti mas’uli Miraziz Tohirov.

    Ma’lum bo‘lishicha, 39-IDUM 1963-yil temir betondan 220 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasiga mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, 2007-yildan boshlab 620 o‘rinli maktab-gimnaziyaga aylantirilgan. 2009-yilda ixtisoslashtirilgan ijtimoiy va aniq fanlar maktabiga o‘zgartirilgan. 620 o‘ringa moslashtirilgan ta’lim muassasasida 1070 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktab ta’mirga muhtoj. Sportzal yo‘q, o‘quv xonalari yetishmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Big city life qurilish tashkiloti rahbari “Daryo” muxbiriga shunday ahvoldagi maktabni 4-5 qavatli, zamonaviy ko‘rinishda ham qurib berishga tayyorligini bildirdi. Buxoro viloyati hokimligi qurilish bo‘limi vakili Abbos G‘aybullayev esa mazkur qurilish tashkiloti tomonidan Buxoroda birorta qurilish obyekti yoki ko‘zga ko‘rinarli inshoot barpo etilmaganini bildirdi.

    “Daryo” manbasiga ko‘ra, “Aziya Olot qurilish” hamda Big city life MChJlar qurilish qilish uchun na maktab ma’muriyati, na xalq ta’limi boshqarmasi va na vazirlik ruxsatini olgan. Eng qizig‘i, har ikki qurilish tashkiloti Buxoro shahri markazida texniklar va ekskavatorlar yordamida katlovanlar qazib, temir sim va armaturalar yotqizishadi-yu, mutasaddilar bundan xabar topmaydi. Buxoro shahri hokimi esa go‘yo holat qanday yakunlanishini jimgina chetdan kuzatib turgandek.

    O‘zboshimcha qurilish OAV aralashuvi bilan vaqtincha to‘xtatilgan. Biroq davom etish ehtimoli yo‘q emas.

    05.02.2021, 21:12   Izoh (0)   25649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Yevropaning yana bir davlati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

    05.02.2021, 20:45

    “Bu Prezidentning ochiqlik siyosatiga qarshi surxondaryolik amaldorlarning isyoni”. Rasul Kusherbayev Surxondaryoda qo‘lga olingan bloger haqida

    05.02.2021, 20:34

    Shavkat Mirziyoyev ichki yo‘llarni arzon qurish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi

    05.02.2021, 19:48

    Senat O‘zbekiston prezidenti saylovini dekabrdan oktabrga ko‘chirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

    05.02.2021, 19:11

    Abdulla Aripov Olmaotada Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov bilan uchrashdi

    05.02.2021, 18:35

    Zayniddin Nizomxo‘jayev Markaziy saylov komissiyasi raisi, Bahrom Qo‘chqorov esa unga o‘rinbosar etib saylandi

    05.02.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.