Nizomxo‘jayev Zayniddin Maxamatovich O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Nizomxo‘jayev 1954-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, shifokor. “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni sohibi. U bunga qadar Senat raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovich Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi.
Qo‘chqorov 1972-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, iqtisodchi. 2017-yilda Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari, 2017–2020-yillarda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan. 2020-yildan beri Adliya vazirligida faoliyat yuritmoqda. U bunga qadar Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalgi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov avval Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib, keyin Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)