Toshkentdagi qurilish bozorlarining birida Samsung etiketkasi qo‘lbola yopishtirilgan yuzlab maishiy texnikalar borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasiga tayanib “Kun.uz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Toshkentdagi qurilish bozorlarining birida qo‘shni mamlakatdan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 479 dona televizor va boshqa texnika tovarlari saqlab kelinayotgani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, umumiy qimati 1 milliard so‘mni tashkil etadigan televizor va texnika tovarlariga qo‘lbola usulda Samsung brendi etiketkasi yopishtirilgan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)