• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Norozilik kayfiyati kuchayib ketyapti. Bu kayfiyat butun jamiyatga tarqab ketsa, bizni dahshatli kelajak kutmoqda” — Rahmon Qo‘chqor

    20-yanvar kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tadbirlar zalida o‘zbekistonlik 15 nafar yosh ijodkorning chop etilgan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Kun.uz”ning yozishicha, taqdimotda chiqish qilgan adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqor ijodkorlarning yangi kitoblari haqida, shuningdek, o‘zining fikricha, o‘zbek jamiyatida oxirgi vaqtlarda paydo bo‘layotgan “milliy nigilizm” borasida fikrlarini bildirgan.

    Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

    Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

    “Men ijtimoiy tarmoqlarni imkon qadar kuzatib boraman. Kuzataman-da, u yerdagi oxirgi vaqtlarda kuchayib ketayotgan axlatbozorlik, og‘zi shaloqlik, g‘iybat, uyatsizlik va olomon psixologiyasini his qilaman.

    Men bir narsadan cho‘chiyapman, do‘stlar: bizda milliy nigilizm paydo bo‘lyapti.

    Voqeliklardan xulosa qilinsa, bizning yoshlar o‘zining xalqidan, millatidan bezib borayotgandek tuyulyapti. Milliy nigilizm paydo bo‘lyapti. Bu juda yomon holat, do‘stlar.

    Tarmoqlarni qarang, hamma yoq norozilik. Bizda olomon psixologiyasi juda kuchayib ketdi. Yo‘q, bu shaxs psixologiyasi emas. Olomon psixologiyasi deganimki, tomoshaga o‘ch bo‘lib ketyapmiz. O‘zingiz uchun bo‘lsa ham javob bering. Ertalab ijtimoiy tarmoqqa nima uchun kiryapsiz? Ko‘pchilik tomosha uchun kiryapti. Kim nima qovun tushirganini ko‘rish uchun kiryapti. Bizda psixologik istaklar vektori o‘zgarib ketdi.

    Buni kimdir bilmasdan, yana kimdir juda yaxshi bilib qilyapti. Norozilik kayfiyati kuchayib ketyapti. Agar bu kayfiyat butun jamiyatga tarqab ketsa, bizni dahshatli kelajak kutmoqda. Agar vaqtida buning oldini olmasak, bugungi kunlarimiz, tushib qolgan ahvolimiz ham holva bo‘lib qoladi”, – degan adabiyotshunos.

    Nigilizm (lotincha “nihil” — “hech nima”) olamning, ayniqsa, insoniyatning obyektiv qiymati yo‘q, deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir. Mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda, ayniqsa, keng yoyiladi.

    Rahmon Qo‘chqor fikrlari davomida bu vaziyatdan chiqish yo‘llari haqida ham gapirgan. Unga ko‘ra, vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li jamiyatdagi har bir kishi o‘z vazifasini halol bajarishida.

    Bu vaziyatni to‘g‘rilash uchun har bir kishi halol ishlashga o‘tishi kerak. Masalan, yozuvchi o‘z asarini, shoir she’rini vijdonan yozishi kerak. Vazirlar Mahkamasi xodimlari, Prezident administratsiyasi vakillari, elektrik, farrosh, dehqon, umuman, hamma o‘z ishini to‘g‘ri qilishi kerak.

    Kelinglar, ish vaqtida, bor-yo‘g‘i 8 soat halol mehnat qilaylik. Ishontirib aytaman, vaziyatni o‘nglash uchun boshqa narsa kerak emas. Hammasi joyiga tushadi. Tushuninglar, hamma o‘z ishini to‘g‘ri qilsa, halol qilsa, o‘nglanamiz. Farrosh o‘z ishini halol qilar ekan, atrofni axlat bosmaydi, amaldor to‘g‘ri ishlar ekan, o‘sha tizimni axlat bosmaydi.

    Hammasi, hammasi bir-biriga chambarchas bog‘liq, do‘stlar. Barchamizni dardimiz bir, kelinglar, birlashaylik.

    Shu o‘rinda yevropalik mashhur faylasufning gaplari yodga tushadi.

    “Kimdir kaftdagi barmoqlarda erkalanib yashayotgan bo‘lsa, u unutmasinki, o‘sha kaft bilan oyoq barmoqlari orasidagi masofa juda uzoq emas. Agar oyoq barmoqlari orasida yashayotganlar holidan xabardor bo‘linmasa, oyoq chiriydigan bo‘lsa, kaft ham qulaydi. Kaft ham kunpayakun bo‘ladi”. Ko‘zimizni ochaylik.

    Rahmon Qo‘chqor, adabiyotshunos

    O‘zbekistonda so‘nggi yillarda u yoki bu kamchilikdan muttasil aziyat chekayotgan aholining norozilik tariqasida yo‘llarni to‘sib qo‘yishi holatlari tez-tez yuz bermoqda. Xususan, avvalroq Sirdaryodagi “zapravka”da gaz berilmayotganidan norozi haydovchilar yo‘lni to‘sib qo‘ygandi, dekabr oxirida esa Qo‘qondagi mahallalardan birining aholisi gaz va elektr energiyasi ta’minotining yo‘qligi sabab hokimlik qarshisidagi yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

    Mavzuga doir:

    • Jizzaxda norozilik tariqasida yo‘lni to‘sgan hudud aholisi bir hafta ichida gaz bilan ta’minlanishi ma’lum qilindi
    • Oliy sud fuqarolar qabuli bo‘yicha bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi

    21.01.2021, 10:11   Izoh (0)   48586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oyoq-qo‘llarimni bog‘lab qo‘yib, zo‘rlashdi”. Quvada 19 yoshli qizni uch kishi zo‘rlab nomusiga tekkani aytilmoqda

    21.01.2021, 09:45

    AQShning diniy erkinlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus elchisi Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashdi

    21.01.2021, 09:40

    O‘zbekistonda 2020-yilda ozodlikdan mahrum etilganlar soni ma’lum qilindi

    21.01.2021, 09:25

    Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi

    21.01.2021, 08:41

    Sergelida 40 yoshli erkakni yarim tunda kaltaklagan shaxslar qo‘lga olindi

    21.01.2021, 08:11

    O‘zbekiston TIV Qirg‘izistonga boruvchi fuqarolarni mamlakatga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab ogohlantirdi

    21.01.2021, 07:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.