• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oyoq-qo‘llarimni bog‘lab qo‘yib, zo‘rlashdi”. Quvada 19 yoshli qizni uch kishi zo‘rlab nomusiga tekkani aytilmoqda

    Farg‘ona viloyatining Quva tumanida kollejning uchinchi kursida o‘qiyotgan 19 yoshli qiz o‘g‘irlab ketilgani va bir oy davomida uch kishi tomonidan muntazam zo‘rlab kelingani aytilmoqda. IIB ushbu murojaatni o‘rganib chiqib, bunda jinoyat alomati yo‘q deya jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri ushbu murojaatga ko‘ra, Quva tumanida bo‘lib, zo‘rlangani aytilgan qiz va uning ota-onasi hamda mutasaddi shaxslar bilan suhbatlashdi.

    Zo‘rlangani aytilgan qiz R.S.ning aytishicha, u 2020-yilning 14-mart kuni dugonasini ko‘rish va bir hafta davomida ularning uyida qolish maqsadida Farg‘ona shahriga borgan. Shu orada karantin cheklovlari joriy etilgan va u dugonasinikida qolishga majbur bo‘lgan. 25-mart kuni dugonasi bilan kundalik ehtiyojlari uchun zarur narsalarni sotib olish maqsadida yaqin oradagi do‘konga chiqqan. Shunda shaxsi R.S.ga keyinchalik ma’lum bo‘lgan T.S. ismli shaxs ularni majburlab mashinasiga o‘tqazib, olib ketishga uringan. Qizlardan biri qarshilik ko‘rsatib, mashinadan tushib, qochishga ulgurgan.

    “Dugonam o‘sha yerda qolib ketdi. Meni majburlab mashinada olib qoldi. Qarshilik ko‘rsatib, urushsam ham qo‘yib yubormadi. Nima uchun bunday qilyapsiz, qayoqqa olib ketyapsiz, dedim. ‘Sen qidiruvda ekansan, uyingga olib borib qo‘yaman’, deganidan keyin biroz xotirjam bo‘ldim. Quvaga kelgach, uyimga olib kelmasdan, temiryo‘l stansiyasi tomondagi ‘dom’ga olib borib, majburlab o‘sha uyga olib kirdi. Qarshilik ko‘rsatishga harakat qildim, lekin kuchim yetmadi. Qo‘llarim va og‘zimni bog‘lab qo‘yib, bir necha marta zo‘rladi. Ustimdan qulflab qo‘yib, o‘sha uyda bir oy olib o‘tirdi. Har ikki kunda majburlab, jinsiy aloqada bo‘lardi”, — deydi R.S.

    Qizning ta’kidlashicha, u yerda yana ikkita yigit va bir ayol ham bo‘lgan. T.S. uni qo‘shnisi va do‘sti bilan ham jinsiy aloqa qilishga majburlagan. Qiz qarshilik ko‘rsatsa, urib, ko‘pchilik bo‘lib zo‘rlagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu jarayon bir oy davom etgan. Qizda qochib ketish imkoni bo‘lmagan. Sababi telefonini olib qo‘ygan. Qizni 2004-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.J. bilan ham jinsiy aloqa qilishga majburlashgan. T.S. ularning uyatli holatlarini muntazam video va rasmga olgan. Qizga esa bo‘lgan voqealarni kimgadir aytsa, rasmlari va videolari internetda tarqatilishi aytilgan va qo‘rqitilgan.

    2020-yil 25-aprel kuni T.S. qizni ichki ishlar bo‘limiga olib kelib bergan. Uyga qaytgan qiz qo‘rqqanidan bo‘lgan voqealarni hech kimga aytmagan. Oradan to‘rt-besh oy o‘tgach, uydagilari uning homilador ekanligini sezib qolgan. Shundan so‘ng, qiz bor gapni ota-onasiga aytib bergan.

    “Qizim Farg‘ona shahridagi dugonasining uyiga ketgan edi. Biror haftalardan keyin dugonasi qo‘ng‘iroq qilib, qizimni ikkita yigit majburlab mashinaga mindirib, olib ketganini aytdi. Keyin biz uni qidirishga tushdik. Ichki ishlarga murojaat qildik. Karantin bo‘lib qoldi, qizingizni topish qiyin bo‘lyapti, deb ancha vaqt paysalga solishdi. Bir oy deganda, ichki ishlar xodimlari qizimni uyga olib kelib berishdi. Nima bo‘lganini so‘rasak, aytishni xohlamadi. Homiladorligini bilganimizdan keyin o‘zimiz so‘rab, hammasini bilib oldik. Shundan keyin qizimga hech kim yaxshi munosabatda bo‘lmadi. Qo‘ni-qo‘shni, qarindoshlar bizdan yuz o‘girishdi. Jahl ustida qizimni uydan haydab yubordim. Oradan bir oy o‘tib, qarindoshlarimiznikidan topib, uyga olib keldim. Nima qilay, farzandim ekan, achindim. 21-dekabr kuni qiz farzandli bo‘ldi. Boshimizga tushgan ishlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. O‘lib bo‘ldik”, — deydi qizning otasi X.T.

    Qizning homiladorligi ma’lum bo‘lgach, uning yaqinlari bir necha marta prokuratura va ichki ishlar idoralariga, xalq qabulxonasiga murojaat qilgan.

    Mazkur murojaatlar yuzasidan 2020-yilning 22-oktabrida yuborilgan rasmiy javob xatida ta’kidlanishicha, R.S.ning arizasi Quva tumani IIBning tergovga qadar tekshiruv bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. Mazkur holatda T.S. va voyaga yetmagan D.J.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmagani sababli Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qizning yaqinlariga oilaviy va fuqarolik nizolar bo‘yicha da’vo bilan tegishli fuqarolik sudiga, otalikni belgilash va turmush qurish masalasida FHDYo organlariga murojaat qilishi, shuningdek, DNK tekshiruvi o‘tkazishi mumkinligi tushuntirilgan.

    “Hamma aybni qizimizga yuklashdi. O‘zi xohlab shu ishlarni qilgan ekan. Ularga hech qanday chora ko‘rilmadi. Hech narsa bo‘lmagandek, bemalol yurishibdi. Hali kollejda o‘qiyotgan o‘quvchi qizni majburlab olib ketib, bir oy xohlagan ishini qilishlari jinoyat emasmi? Shuncha ishni qilganlar jazosini olishi kerakmi? Qizimning hayoti barbod bo‘ldi-ku. Kollejni ham tugata olmadi, diplomsiz qolib ketdi. Bizga ularning hech narsasi kerak emas. Bolasini ham o‘zim boqib olaman. Faqat aybdorlar jazosini olishi kerak”, — deydi qizning otasi X.T.

    Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi. Unda ta’kidlanishicha, fuqaro 2001-yilda tug‘ilgan R.S. 2020-yil 22-sentabrda Quva tumani IIBga murojaat qilib, uni 2020-yil 25-mart kuni fuqaro T.S. Quva tumanidagi ko‘p qavatli uylarga olib borib, voyaga etmagan D.J. va S.K.lar bilan birga bir oy davomida asossiz ushlab turganini, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanini bildirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, S.R.ning zo‘rlik ishlatib nomusiga tegilgani, olib ketilgani va asossiz ushlab turilgani haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topmagan. Quva tumani IIB tomonidan 2020-yil 12-dekabrda jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan. O‘rganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmagan”, — deyiladi prokuratura axborotida.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri qiz yashagan mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari bilan ham suhbatlashdi. MFY raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saida Botirova R.S. 2020-yil yanvar oyida ham uyidan ruxsatsiz chiqib ketib, ancha vaqt topilmaganini, so‘ng olib kelinib, dalolatnoma tuzilgani-yu, otasidan tilxat yozdirib olinganini ma’lum qildi. Aytilishicha, qiz farzandli bo‘lganda ham dori-darmonlari MFY mas’ullari tomonidan olib berilgan. Uning oilasiga, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va pul ham berilgan.

    21.01.2021, 09:45   Izoh (0)   236149
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShning diniy erkinlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus elchisi Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashdi

    21.01.2021, 09:40

    O‘zbekistonda 2020-yilda ozodlikdan mahrum etilganlar soni ma’lum qilindi

    21.01.2021, 09:25

    Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi

    21.01.2021, 08:41

    Sergelida 40 yoshli erkakni yarim tunda kaltaklagan shaxslar qo‘lga olindi

    21.01.2021, 08:11

    O‘zbekiston TIV Qirg‘izistonga boruvchi fuqarolarni mamlakatga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab ogohlantirdi

    21.01.2021, 07:42

    “O‘zmetkombinat”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

    21.01.2021, 07:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.