• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQShning diniy erkinlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus elchisi Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashdi

    AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbek o‘zining Twitter’dagi sahifasida 20-yanvar kuni qoldirgan tvitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan “suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgani, uning rahbarligidagi O‘zbekistonda diniy erkinlikning takomillashayotganini yuqori qadrlashi hamda uning sa’y-harakatlari davom etishiga umidvor” ekanini bildirdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    AQSh vakili hamda O‘zbekiston Prezidenti suhbati haqida rasmiy xabar tarqatilmagan. Shuningdek, suhbat mazmuni va unda muhokama etilgan masalalar haqida ma’lumot yo‘q.

    Honored to speak with President #Mirziyoyev. Appreciate his leadership improving religious freedom in #Uzbekistan and hope his efforts will continue.

    — US Ambassador at Large for Int'l Religious Freedom (@IRF_Ambassador) January 19, 2021

    “Kun.uz”ning yozishicha, AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi 1998-yilda Bill Klinton ma’muriyati davrida AQSh tashqi siyosatining xorijiy davlatlarga ta’sirchan vositasi sifatida joriy etilgan. Vakil oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar qatorida xalqaro miqyosda diniy erkinlikni targ‘ib qilish, uning buzilish holatlariga toqat qiluvchi mamlakatlarga nisbatan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy va harbiy cheklovlar joriy qilish, diniy e’tiqod va faoliyati bois ta’qib qilingan shaxslar nomidan advokatlik qilish hamda diniy erkinlikning butun dunyoda keng rivojlanishini ta’minlash masalalari mavjud.

    Avvalida Vyetnam, Kuba, Laos, Xitoy, Shimoliy Koreya, aksariyat aholisi musulmon bo‘lgan davlatlar, shu jumladan, Sudanda nasroniylik, bahoiy va boshqa diniy ozchilikka nisbatan avj olayotgan ta’qiblarga nisbatan qat’iyroq choralar ko‘rish maqsadi ko‘zlangandi.

    AQSh Davlat departamenti qoshida foaliyat ko‘rsatuvchi alohida topshiriqlar emissaridan tashqari, Vashington nigohidagi ishkal mamlakatlarni “qora ro‘yxat”ga kiritish masalasiga doir qarorlar AQSh Kongressi huzuridagi Xalqaro diniy erkinlik komissiyasiga kelib tushgan shikoyat va o‘rganishlar asosidagi tavsiyalar paketi bilan prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi maxsus maslahatchisi voqif qilinib, o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinadi.

    Sem Braunbek Toshkentga 2018-yil sentabrda tashrif buyurib, O‘zbekiston Prezidenti qabulida bo‘lgan.

    Prezident veb-sahifasida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Samuel Braunbek “samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli o‘zgarishlarni yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashi”ni ta’kidlagan.

    Birinchi prezident Islom Karimov ham 2002-yil mart oyida AQShga tashrifi chog‘ida Braunbek bilan uchrashgan. U Amerika safari xotiralari haqida jurnalistlar bilan uyushtirgan suhbatida amerikalik senator “O‘zbekistonga tom ma’nodagi xayrixohligi, bu ajoyib inson o‘zbek delegatsiyasini qabul qilib, ikki soat band bo‘lgani, aloqani yanada mustahkamlash, zaruriyat tug‘ilsa, yanada ko‘proq ko‘mak berishga bel bog‘laganini qayta-qayta ta’kidlagani, 60-70 arboblardan iborat banketning bosh mehmonini ularga tanishtirgan”ini hayajon bilan” eslagan.

    Ammo AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra, mavjud samimiy xayrixohliklarga qaramasdan, Andijon voqealaridan so‘ng O‘zbekiston 2005-yildan boshlab to 2019-yilning apreliga qadar diniy erkinlik borasida alohida xavotirga molik mamlakatlar ro‘yxati (Countries of Particular Concern)da, 2019-yil apreldan boshlab esa maxsus nazorat ro‘yxatida ushlab turilgan.

    “Qora ro‘yxat” tahlika darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” toifalariga ajratilib, alohida xavotirga molik mamlakatlar “qizil”, maxsus nazorat ostidagi mamlakatlar ro‘yxatidagi (Special Watch List-SWL) davlatlar esa “sariq” guruhlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan.

    AQSh davlat departamenti kotibi Maykl Pompeo 2020-yil fevralda Toshkentga buyurgan safari natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston tomoni “inson o‘lchovi borasidagi o‘zaro anglashuv darajasi oshgani hamda avval mavjud bo‘lgan ayrim asabga teguvchi onlarni ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidan butkul olib tashlashga kelishib olishganini alohida qayd etgan”.

    2020-yil 7-dekabrda Maykl Pompeo “so‘nggi o‘tgan yilda hukumatlar erishgan ahamiyatli, aniq rivojlanishga asoslanib, Sudan va O‘zbekistonni maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilganini e’lon qilishdan mamnun ekani, ularning qonun va amaliyotlaridagi jasoratli islohotlari boshqa xalqlar uchun model sifatida xizmat qilishi” haqida chiqish qilgandi. Ushbu tezkor bayonot o‘zbek delegatsiyasining AQShga qilgan shoshilinch tashrifidan so‘ng bir oy o‘tmay bildirilgan.

    Amerika ovozining o‘zbek xizmati muxbiri Navbahor Imomova Samuel Braunbek bilan 2018-yil oktabrda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan suhbatida, undan AQSh endi Toshkentga nisbatan yondashuvlarida “kamroq kaltak, ko‘proq shirmoy non siyosatini qo‘llaydimi”, degan savoliga, amerikalik diplomat “O‘zbekiston katta salohiyatga ega, agar mamlakat ochilsa, o‘zgarishlar bo‘yicha oldingi qatorlardan joy olsa, o‘shanda haqiqiy shirmoy nonlarning kelishini ko‘rasiz. Biz ko‘rishni istayotgan narsa – G‘arb sarmoyalari. Chunki G‘arb sarmoyalar bilan G‘arb qadriyatlari kirib keladi. Bizning kompaniyalar, xitoyliklardan farqli o‘laroq, muayyan jiddiy inson huquqlari e’tiqodidan kelib chiqib, buni mezbon hukumat talab qiladimi-yo‘qmi, o‘z mehnat odobi nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi”, deb aytgan edi.

    Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik yillik hisoboti odatda har yilning aprel oyida qabul qilinadi. Bugungi kun holatiga ko‘ra, AQSh komissiyasining O‘zbekistonga doir hisobot bo‘yicha hali ham “sariq” ro‘yxatda turib, Pompeo aytgan o‘zgarishlar hisobotda o‘z aksini topmagan. Chunonchi, unda o‘tgan yillarda respublikada ro‘y bergan holatlar – beso‘naqay o‘stirilgan 100 dan ortiq kishilarning soqolini majburiy qirdirish va o‘quv yurtlariga hijoblilarning dag‘dag‘a bilan qo‘ymaslik holatlari qayd etilgan.

    Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston ham maxsus nazorat ro‘yxatida, Tojikiston va Turkmaniston esa “qizil” ro‘yxatdan joy olgan. Qirg‘iziston bu ro‘yxatda yo‘q.

    21.01.2021, 09:40   Izoh (0)   32765
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yilda ozodlikdan mahrum etilganlar soni ma’lum qilindi

    21.01.2021, 09:25

    Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi

    21.01.2021, 08:41

    Sergelida 40 yoshli erkakni yarim tunda kaltaklagan shaxslar qo‘lga olindi

    21.01.2021, 08:11

    O‘zbekiston TIV Qirg‘izistonga boruvchi fuqarolarni mamlakatga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab ogohlantirdi

    21.01.2021, 07:42

    “O‘zmetkombinat”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

    21.01.2021, 07:12

    “Ko‘p qavatli uylarda qo‘shni qo‘shnisini tanimaydi” – Shavkat Mirziyoyev farzand tarbiyasida mahallaning o‘rni va ajrimlar haqida

    21.01.2021, 00:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.