• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hech qanday muammo yo‘q”. Suv xo‘jaligi vazirligi aholini Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar oqshomida qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu axborot yolg‘on va hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi. Suv xo‘jaligi vazirligi fuqarolarni bu kabi yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va xotirjamlikka chaqirdi.

    Foto: TripAdvisor

    Foto: TripAdvisor
    Ushbu mish-mishlar 2020-yili Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida jabrlangan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholisi orasida vahima keltirib chiqargan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, ayrimlar uylarini zudlik bilan tark etishga uringan. Qayroqqum suv ombori Sardoba tumanidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan.

    Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev fuqarolarni tinchlantirish uchun mazkur tumanlarga kelgan. U odamlarni mish-mishlarga ishonmaslikka va vahimaga berilmaslikka chaqirgan.

    Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

    Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

    “Bahri tojik” suv omboridagi gidroelektr stansiyasi direktori Fayzulla Azizovning ma’lum qilishicha, suv omborida hech qanday muammo yo‘q, barcha inshootlar texnik soz holatda. Gidroelektr stansiyasidagi agregatlar odatdagi tartibda ishlab turibdi. Barcha inshootlarning xavfsizligi nazoratga olingan. Suv ombori atrofidagi hududlarda yashovchi aholi sarosimaga tushib, xavfsiz hududlarga ko‘chib o‘tayotgani haqidagi xabarlar ham asossiz.

    “Bugungi kunda Qayroqqum suv omborining suv hajmi 3,443 milliard kub metr bo‘lib, suv omboriga suvning kirishi 892 m³/soniya, suvning chiqishi esa 880 m³/soniyani tashkil etmoqda. Suv omborida oxirgi o‘n kunlik davomida suv to‘plash va suv chiqarishda hech qanday keskin o‘zgarish kuzatilmagan”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligida kechayu kunduz faoliyat yuritadigan navbatchilik tashkil qilingan hamda dispetcherlik xizmati doimiy ishlab turibdi. Shuningdek, respublikadagi barcha yirik suv inshootlarining xavfsiz ishlashi yana bir bor nazoratdan o‘tkazilgan.

    “‘Bahri tojik’ suv omborining suv hajmi o‘zgarishi bo‘yicha qo‘shni Tojikiston suv xo‘jaligi organlari, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zgidromet” markazi bilan muntazam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, suv omborining ishlash rejimi bo‘yicha har soatlik monitoring yuritib borilmoqda. Suv xo‘jaligi vazirligi fuqarolarni bu kabi yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va xotirjamlikka chaqiradi”, — deya qayd etiladi xabarda.

    Ma’lumot uchun, “Bahri tojik” suv ombori suvidan O‘zbekistonning Toshkent viloyati Bekobod tumani, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda qo‘shni Qozog‘istonning ekin maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida to‘g‘on o‘pirilishi yuz berdi (to‘g‘on 2010—2017-yillarda 1,2 trillion so‘m evaziga qurilgan). Hodisa oqibatida viloyatning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi, shuningdek, Qozog‘istonning Maqtaaral tumanidagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi, binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘ldi. Hodisa oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan, 90 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.

    Dastlab hodisaga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgani haqida taxminlar ilgari surildi, biroq keyinroq voqea yuz berishi arafasida kuchli shamol va yog‘ingarchilik kuzatilmagani, hodisaga loyiha hujjatlaridagi, qurilishdagi va ekspluatatsiyadagi xato va kamchiliklar sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Bosh prokuraturaning iyul oyi oxiridagi bayonotida ish bo‘yicha qamoqqa olinganini e’lon qildi, keyinroq oktabr oyida ishga 17 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etilgani ma’lum bo‘ldi.

    15.01.2021, 15:10   Izoh (0)   23082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Senatning yangi binosi qurilishini ko‘zdan kechirdi

    15.01.2021, 14:56

    UzReport telekanali tasvirchisiga hujum qilgan fuqarolarga sud qarori chiqarildi. Tasvirchi qarordan norozi

    15.01.2021, 14:33

    “O‘zgidromet” 16-yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    15.01.2021, 14:09

    DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga yangi direktor tayinlandi

    15.01.2021, 13:32

    Feruza Eshmatova yangi Ombudsman etib saylandi

    15.01.2021, 13:08

    “Siz oydan tushganmisiz, yo xalqdan ustun oliy irqdanmisiz?”. Rasul Kusherbayev Oliy sud fuqarolarni qabul qilmayotganini tanqid qildi

    15.01.2021, 11:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.