• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sardoba suv omborini kim qurgan?

    Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may kuni ertalab to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Suv toshqini oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi. Binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘ldi. Uchta tumandagi 22 ta qishloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

    Ushbu hodisadan so‘ng jamoatchilikda bu nima uchun sodir bo‘lgani haqida savollar tug‘ildi, suv ombori qurilishida ishtirok etadigan kompaniyalar nomiga ayblovlar aytila boshlandi. Xulosa chiqarishga hali erta. Hodisa sabablari tergovda aniqlanadi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlar va axborot manbalari asosida loyiha tafsilotlarini aniqlashga harakat qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Suv ombori qurilishi 2010-yilda Janubiy Mirzacho‘l kanalining markaziy tarmog‘i suv oqimi hududida boshlanib, 2017-yilda yakunlandi. Gidrotexnika inshooti 922 million kubometr suv sig‘imiga ega ekani va bu Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarining unumdor yerlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga imkon berishi xabar qilingan edi.

    2017-yilning 17-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev suv ombori bilan tanishar ekan, gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tashkil etish bo‘yicha rejalarni baham ko‘rdi. Keyingi kuni davlat rahbarining “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalar, shuningdek, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasiga qarashli bo‘lgan barcha gidroelektrostansiyalarni birlashtiruvchi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

    “O‘zsuvenergo” birlashmasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida “To‘palangsuvGESqurilish” MChJ boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan senator Abdug‘ani Sanginov yangi kompaniya boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

    “O‘zbekgidroenergo” kompaniyasi mamlakatning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanadigan gidroenergetika resurslari ulushini izchil oshirish, yangi ekologik toza energiya hosil qiluvchi quvvatlarni tashkil etish, mavjud GESlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirishni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov, “O‘zbekgidroenergo” raisi Abdug‘ani Sanginov va Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 2-mayda to‘g‘on o‘pirilgan joyda.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov, “O‘zbekgidroenergo” raisi Abdug‘ani Sanginov va Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 2-mayda to‘g‘on o‘pirilgan joyda.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davletovuz Telegram-kanali gidroenergetika sohasida To‘palang HPD Holding va uning tuzilmaviy kompaniyalari (To‘palang HPD Platinum, To‘palang HPD Water Construction, To‘palang HPD Building, To‘palang HPD Irrigation Systems, To‘palang HPD Steam — Gas, To‘palang HPD Service, To‘palang HPD Engineering) amalga oshirayotgan loyihalarga e’tibor qaratdi.

    “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, To‘palang HPD Holding Prezidentning 2003-yil 24-yanvardagi farmoni talablari asosida “To‘palang suv ombori va GES qurilish”ning “To‘palangsuvGESqurilish” MChJ etib qayta tashkil etilishi natijasida vujudga kelgan, 2017-yil dekabrida yana qayta tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyat turlari GES, suv xo‘jaligi inshootlari, gidrouzellar qurish, kanal hamda drenajlar qazish va boshqalarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishdan iborat.

    “O‘zbekgidroenergo” matbuot xizmati 21-aprel kuni Sardoba suv ombori qoshida To‘palang HPD Irrigation Systems ishtirokida kichik GES qurilishi boshlanganini ma’lum qilgan edi. Loyiha qiymati 21,3 million yevroga teng bo‘lib, obyektni 2022-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Kompaniya To‘palang HPD Holding tomonidan Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES (loyiha qiymati 180 million dollar), shuningdek, Pskem daryosida Pskem GES (810 million dollarga baholanmoqda) loyihalarida ham qurilish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.

    To‘palang HPD Platinum Xorazm viloyati Toshsoqa magistral sug‘orish kanallari tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi (29,7 million dollarga baholangan) ustida ham ish olib bormoqda.

    Bundan tashqari, To‘palang HPD Building 2019-yil 9-iyul kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida Katta Farg‘ona kanalida Kichik gidroelektr stansiyalar kaskadini foydalanishga topshirdi (31 million dollarga baholangan).

    2019-yil martida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Tuyabo‘g‘iz suv omborida To‘palang HPD Irrigation tomonidan qurilgan kichik GES ochildi (16,3 million dollarga baholangan).

    To‘palang HPD Building Surxondaryo viloyatida “Termiz marvaridi” sanatoriyasi qurilishida ham ishtirok etgan.

    “O‘zsuvloyiha” loyiha instituti kuzatuv kengashining besh nafar a’zosidan ikki nafari — To‘palang HPD Holding vakili hisoblanadi. “O‘zsuvloyiha” kompaniyasi Andijon tumanida Kuyganyor gidrouzeli quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish loyihasi, Navoiy viloyatida “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish va boshqalarda bosh loyihalovchi hisoblanadi.

    “O‘zbekgidroenergo” va To‘palang HPD Holding yuridik manzili mos tushadi: Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 22.

    Xoldingdagi 61,7 foiz ulush Islom Abdurahmonovga tegishli. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlari.

    Xoldingdagi 61,7 foiz ulush Islom Abdurahmonovga tegishli. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlari.
    Foto: “Gazeta.uz”

    To‘palang HPD Holding direktori Islom Abdug‘aniyevich Abdurahmonov — Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li.

    “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, To‘palang HPD Water Construction kompaniyasi Sardoba suv ombori qurilishida qatnashgan 10 dan ziyod subpudratchilardan biri bo‘lgan.

    Loyiha qiymati

    Sardoba suv ombori qurilishi to‘g‘risidagi hujjat ochiq ma’lumotlarda mavjud emas. Gidroinshoot hozir ham “O‘zbekiston temiryo‘llari” hisobida.

    “Gazeta.uz” gidroinshootning hali ham “O‘zbekiston temiryo‘llari” hisobida turganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Sardoba suv ombori qurilishi 2017-yil 1-yanvar holatida 1 trillion 306 milliard 940 million 400 ming so‘m (Markaziy bankning 2017-yil 1-yanvardagi kursi bo‘yicha 404,4 million dollar).

    Ochilboy Ramatov, Shavkat Hamroyev, Shavkat Mirziyoyev va Abdug‘ani Sanginov, 2017-yil, may.

    Ochilboy Ramatov, Shavkat Hamroyev, Shavkat Mirziyoyev va Abdug‘ani Sanginov, 2017-yil, may.
    Foto: “O‘zbekiston” kanali, O‘zA.

    2017-yil may oyida Prezidentga taqdimot marosimida “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasining sobiq raisi Ochilboy Ramatov (hozirgi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari), qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Shavkat Hamroyev (hozirgi suv xo‘jaligi vaziri) va “O‘zsuvenergo” raisi Abdug‘ani Sanginov (hozirda “O‘zbekgidroenergo” raisi) ishtirok etdi.

    “O‘zbekgidroenergo” izohi

    “Biz milliy va xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba suv omborida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ obro‘siga putur yetkazuvchi asossiz va yuzaki xulosalar, noto‘g‘ri talqinlarga rasmiy munosabatimizni bildirishni xohlardik”, — deyiladi kompaniya matbuot kotibi Ravshan Boyqulovning “Gazeta.uz” tahririyatiga yuborgan xabarida.

    Sardoba suv omborining 2010−2017-yillarda qurilganini qayd etar ekan, kompaniya vakili sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi obyekt buyurtmachisi ekanini ta’kidladi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi bosh pudratchi sifatida tanlangan. Obyekt qurilishida ishtirok etgan 10 dan ortiq subpudratchi tashkilotlar, jumladan “O‘zmaxsusqurilish”, Omad Dubl, BOYOVUD qatorida “Rezaksoy suv qurilish” (hozirgi — To‘palang HPD Water Construction) qurilish jarayonida o‘ziga ajratilgan qismda qurilish ishlarini olib borgan.

    To‘palang HPD Water Construction tomonidan olib borilgan ishlar tegishli komissiya tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingan, deya ma’lum qildi matbuot kotibi.

    “Biz To‘palang HPD Holding MChJ Sardoba suv omborining avariya sodir bo‘lgan qismida qurilish ishlarini olib bormagani, Abdurahmonov Islom Abdug‘aniyevich esa 2010−2017-yillarda To‘palang HPD Holding MChJ va uning filiallarida umuman ishlamaganini ta’kidlashni xohlardik. Bundan tashqari, “O‘zbekgidroenergo” AJ Prezidentning 2017-yil 18-maydagi №UP-5044 farmoni bilan tashkil etilgan. Shunday qilib, qayd etish joizki, “O‘zbekgidroenergo” AJ Sardoba suv ombori qurilishi uchun javobgar emas va unda ishtirok etmagan”, — dedi Ravshan Boyqulov.

    Uning qayd etishicha, Sardoba suv omboridan foydalanish bo‘yicha nazorat faoliyati “Davsuvxo‘jaliknazorat” (Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi) tomonidan amalga oshiriladi.

    “Yuqorida keltirilganlarga asoslanib, biz ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarning asossiz va yolg‘on ekanini ma’lum qilamiz”, — dedi u.

    “Gazeta.uz” maqola yakunida Suv xo‘jaligi vazirligi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini idoraviy ekspertizasini o‘tkazishini ta’kidlab o‘tgan.

    Mavzuga doir: Sardobadan hikoyalar

    05.05.2020, 17:42   Izoh (0)   237859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston TIV: Suv toshqini yuzasidan O‘zbekistonga nota yuborilmaydi

    05.05.2020, 17:35

    O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda

    05.05.2020, 17:07

    Buxoro, Samarqand, Toshkentda jami 49 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 1454 nafarga yetdi

    05.05.2020, 15:44

    Sirdaryoda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro harbiy vertolyot yordamida qutqarildi

    05.05.2020, 15:12

    Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiylari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)

    05.05.2020, 13:56

    Angrendagi uy hovlisidan qadimiy qabr va sopol buyumlar topildi

    05.05.2020, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.