Oliy Majlis deputatlari 15-yanvar, juma kuni Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) etib Feruza Eshmatovani sayladi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan. Feruza Eshmatova 1979-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.
Ombudsman 5 yil muddatga saylanadi. Vakil lavozimiga nomzod Prezident tomonidan kiritiladi. Endi nomzod Senat tomonidan tasdiqlanishi lozim. 2015-yilning may oyidan buyon Ombudsman lavozimini Ulug‘bek Muhammadiyev egallab kelayotgandi.
Izoh (0)