Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kuchli suv oqimi sabab vayronaga aylangan uylar, qo‘ldan kelgancha o‘z mulkini saqlab qolishga urinayotgan odamlar... Avtomobil tomiga tirmashib olganlarga zudlik bilan yordam berilmasa, suv ostida qolishi mumkin. Hayvonlar ham haydab ketildi, biroq ularning ko‘pchiligi nobud bo‘ldi. Qozog‘istonning Maqtaaral tumani aholisi Sardoba suv ombori to‘g‘onida sodir bo‘lgan texnogen falokat oqibatida nimalarni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi, deb xabar qiladi Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Galimjon Yerimbetov 12 yildan beri Maqtaaral o‘t o‘chirish xizmatida ishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2-mayga o‘tar kechasi Janaturmis va Jenis posyolkalari suv ostida qolishi mumkinligi haqida xabar kelib tushgan.

“Bizga suv ular tomonga borayotganini aytishdi. Yarim soatdan so‘ng biz o‘sha yerda edik va aholiga uylarini tark etishi uchun yordamlashdik. Ushbu posyolkalarda 3 mingga yaqin aholi istiqomat qilardi. Mashinasi borlar o‘zlari ketdi. Qolganlarga biz — 12 nafar xodim yordam ko‘rsatdik. O‘zimizning shaxsiy va xizmat avtomobillarimiz bilan odamlarni aholi punktidan uzoqroqqa olib keta boshladik. Birinchi navbatda odamlarga yordam ko‘rsatdik, keyin chorva mollarini olib kelish uchun qaytdik”, — deydi o‘t o‘chiruvchi.

Yerimbetovning so‘zlariga ko‘ra, suv tonggi soat 04:00 larda yaqinlasha boshlagan. Bu vaqtda esa barcha aholi evakuatsiya qilib bo‘lingan, chorva mollari ham deyarli boshqa joyga tashilgan.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

“Shuningdek, uchinchi marotaba kelib, odamlarning shaxsiy buyumlari, kiyim-kechaklari va qo‘ldan kelgancha mayda-chuyda narsalarini olib qaytishga ulgurdik. Shundan so‘ng suv yetib keldi va posyolka uning ostida qoldi. Shunga qaramay biz xizmatni to‘xtatmasdan, u yerdagi ishlarni davom ettirdik. Umrimda birinchi bor uylar xuddi qartadan qurilgandek qulashini ko‘rdim. Birinchi bor bir necha soniya qotib, ko‘rganlarimdan shokka tushdim. Hammasi kinodagidek edi. Uylar birin-ketin qular edi.

Bitta mashinadan boshqa hamma xavfsiz joyga borishga ulgurdi. Uning ichida ikki nafar hamkasbim va mahalliy fuqaro bor edi. Suv sabab avtomobil o‘chib qoldi, ular mashina tomiga chiqib olib, yordam kutishga majbur bo‘ldi. Keyinroq biz qaytib keldik. Yaxshiyamki suv mashina balandligidan oshmagani”, — deydi Yerimbetov.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

“4-may kuni ertalab Jantaksay qishlog‘ining 45 yoshli fuqarosi 19 va 15 yoshli ikki o‘g‘li bilan yo‘qolgan chorvasini qidirish uchun chiqqani haqida xabar kelib tushdi. Biroq qidiruv natijasida ularning o‘zi yo‘qolib qolib, ortga qayta olmagan. Biz ularni qidirishga kirishdik. Ikki soat davom etgan qidiruv ishlaridan keyin ularni O‘zbekiston bilan chegaradosh hududdan topib, qishloqqa qaytarib olib keldik”, — deydi maqtaarallik o‘t o‘chiruvchi.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Maqtaaral tumanida sodir bo‘lgan favqulodda holatni bartaraf etish uchun qutqaruvchilar, harbiy xizmatchilar, politsiya, hokimiyat vakillari va ko‘ngillilar jalb etilgan. Galimjon Yerimbetovning so‘zlariga ko‘ra, yordam berish uchun Jambil va Qizilo‘rda viloyatlaridan, shuningdek, Chimkentdan yordam kuchlari kelgan. Bundan tashqari, O‘zbekistondan 200 dan ortiq FVV xodimi va 40 ga yaqin texnika yetib kelgan.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Yesimjon Nodirov 14 yildan buyon politsiya safida xizmat qilib keladi. Hozirda u Jetisay tumani politsiya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari. U ham falokatning dastlabki kunlarida voqea markazida bo‘lgan.

“2-mayga o‘tar kechasi uyda uxlayotgan edim. Kechasi trevoga signali kelib tushdi va butun shaxsiy tarkibni oyoqqa turg‘azdi. Tumanimizning 100 dan ortiq xodimi evakuatsiya ishlarida yordam ko‘rsatish maqsadida Jenis va Janaturmis aholi punktlariga yo‘naltirildi. Maqtaaral tumanidagi hamkasblarimizga yordam bera boshladik. Odamlarni, chorva mollarini va shaxsiy buyumlarni tashishga kirishdik. Vaziyat barqarorlashgach, mazkur posyolkalardan bizni Firdavsiy aholi punktiga yuborishdi”, — deydi politsiyachi.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

“Firdavsiyga kelib, atrofni ko‘zdan kechira boshladik. Diqqatimizni suv ostida qolgan mahalliy maktab tortdi. Maktab hovlisida Qozog‘iston bayrog‘i yotardi. Biz mamlakatimiz milliy ramzini o‘zimiz bilan olib ketdik. U yerda yotishi kerak emas. Keyinroq bayroqni Jetisoyga topshirdik”, — deydi Yesimjon Nodirov.

Politsiyachining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda uning hamkasblari Jenis posyolkasini o‘rab olgan bo‘lib, aholi punktiga fuqarolarning kirishiga yo‘l qo‘ymayapti.

“Odamlar o‘z buyumlarini olish uchun qaytmoqchi. Biroq bu juda xavfli. Shuningdek, biz bu yerda o‘g‘rilik sodir bo‘lmasligi uchun turibmiz. Kecha-yu kunduz posyolkani qo‘riqlayapmiz. Bu yerda 30 ga yaqin politsiyachi qolgan. Odamlarni tinchlik saqlab, vahimaga berilmaslikka chaqirmoqdamiz. Davlat tomonidan falokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotgani va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishini tushuntiryapmiz”, — deydi Nodirov.

Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga jami 1300 dan ortiq odam va 300 dan ortiq texnika, xususan, suzish vositalari va suvni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan motopompalar jalb etilgan. Jamoat tartibini saqlash uchun Maqtaaral tumani hududiga sakkizta blokpost o‘rnatilgan. Politsiya xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqarolarning mol-mulkini kecha-yu kunduz qo‘riqlamoqda.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni erta tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onlaridan biri yorilib ketgan edi. Viloyatdagi bir necha qishloq, shu jumladan, Qozog‘iston janubidagi hudud ham suv ostida qoldi. Ikki mamlakatda umumiy hisobda 120 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati mazkur ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)