So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi

    27.07.2020, 16:06 183568

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 1-may kuni yuz bergan Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida dastlabki tergovga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

    Aniqlanishicha, suv ombori 2010—2017-yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi — “UzGIP” MChJ, bosh pudratchi — “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ) tanlangan. Suv ombori qurilishiga davlat budjetidan 1,2 trillion so‘m sarflangan.

    Suv omboridan foydalanish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi” tomonidan amalga oshirilgan.

    Dastlabki tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida quyidagi asosiy taxminlar tekshirilgan: loyihalashdagi xatoliklar, qurilish jarayonida me’yorlarga rioya qilmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.

    Mavzuga doir: Meteorolog: Sardobada falokat yuz bergan vaqtda kuchli yomg‘ir ham, kuchli shamol ham bo‘lmagan

    Mazkur 4 ta taxmin tegishli ekspertiza muassasasi ekspertlaridan va gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, qurilish ekspertizasi, tuproq va suvning xossalari va boshqa bir qator masalaga daxldor sohalarga mansub 30 nafar mutaxassisdan iborat komissiya yordamida tekshirildi.

    Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

    Loyiha hujjatlaridagi xato va kamchiliklar

    Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli ekspertizadan o‘tib, tasdiqlanganidan keyin ishchi-loyiha hujjatlarini tayyorlash vaqtida konstruksiya (qiyaliklarning balandlikka nisbati, himoya va filtrlovchi qoplamalarning xarakteristikalari)ga loyihachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan, asoslantirilmagan holda to‘g‘onning ishonchliligi va turg‘unligini ta’minlamaydigan darajaga olib kelgan o‘zgartirishlar kiritilgan.

    Qurilishdagi xato va kamchiliklar

    To‘g‘onning tanasini tashkil qilgan tuproqning zichligi loyihaviy talabdagidan past va tuproq yot jismlardan tozalanmaganligi oqibatida ular chirib, bo‘shliqlar hosil qilgan, himoya qatlamiga yotqizilgan xarsang toshlarning diametri loyihadagi o‘lchamlardan bir necha bor katta bo‘lgan holda xarsang tosh qoplamasi loyiha hujjatida belgilangan qalinlikdan kam, toshlar notekis, sifatsiz joylashtirilgan va katta diametrli toshlar o‘rtasidagi bo‘shliqlar mayda toshlar bilan to‘ldirilmagan.

    Ekspluatatsiyadagi xato va kamchiliklar

    Ekspluatatsiya jarayoni bilan bog‘liq jiddiy moddiy va nomoddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi “Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi”ning bevosita to‘g‘onga xizmat ko‘rsatuvchi tarkibi zaruriy moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanmagan. Boz ustiga, o‘tkazilgan malaka attestatsiyasi ekspluatatsiyaga jalb etilgan xodimlarning 56 foizi zaruriy bilimga (ixtisos), 82 foizi malaka va tajribaga ega emasligini va buning oqibatida to‘g‘onga sifatli xizmat ko‘rsatishga, o‘pirilishi kabi favqulodda hodisalarga olib keluvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlashga qodir emasligini ko‘rsatdi.

    Yuqorida aniqlangan holatlarni inobatga olgan holda ekspertiza suv omborini loyihalash, qurish hamda ekspluatatsiya qilish jarayonidagi qayd etilgan xato va kamchiliklar, suv ombori qurilishi 2-bosqichi davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa-da, to‘la hajmda suv to‘planganligi yakka tartibda yoki ularning majmuyi to‘g‘on o‘pirilishiga sabab bo‘lganligi haqida xulosaga kelgan.

    Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 9 nafar shaxs, jumladan,

    • buyurtmachi “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK,
    • loyihachi “UzGIP” MChJ,
    • bosh pudratchi — “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK,
    • pudratchi tashkilot “Rezaksoy suv qurilish” UK,
    • “To‘palang Sherobod” ShK,
    • Suv xo‘jaligi vazirligi,
    • Ekspluatatsiya direksiyasi
    mansabdor shaxslarining bir guruhi Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209 (Mansab soxtakorligi), 258 (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Mavzuga doir: Sardoba suv omborini kim qurgan?

    Jinoyat ishi doirasida qurilishga sarflangan budjet mablag‘larining asosliligini tekshirish maqsadida hujjatli taftish va bajarilgan ishlar hajmlarining nazorat o‘lchovi tayinlanib, O‘zbekiston Hisob palatasi mutaxassislari rahbarligida mutasaddi idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari olib borilmoqda.

    Tergov organi tomonidan jinoyatning sabablari, unga imkon bergan shart-sharoitlarni, aybdor shaxslar doirasini aniqlash bilan birga, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Dastlabki tergovni har tomonlama va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hamda jinoyat ishining murakkabligi va katta hajmdaligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Bosh prokuratura tomonidan 5 oyga uzaytirildi.

    Mavzuga doir:

    • “Sardoba falokatining barcha aybdorlari, kim bo‘lishidan qat’i nazar, javob beradi” — Shavkat Mirziyoyev
    • Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    O‘zbekistonda sakkiz oyda savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    Bugun, 11:20

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.