• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yoqib yuborilgan Merut. Amir Temurning Hindistonga yurishi tarixidan

    1399-yilning yanvar oyida Amir Temur Ko‘ragon Hindiston yurishi davomida Dehli shahridan so‘ng Merut shahrini egalladi. “Daryo” sana munosabati bilan bugungi maqolani Temurxonning hind yurishiga bag‘ishlaydi.

    Ohanrabo Hind diyori

    Hindiston qadimgi davrlardan buyon barchani o‘ziga jalb qilib keladi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi asrda Buyuk Aleksandr Hindiqushdan o‘tib “Hind sori” yuzlandi. Undan keyin kelgan salavkiylar, Baqtriya, Kushon imperiyasi bu diyorda hukmronlik qildi. Buddaviylik dini Hindistondan Markaziy Osiyo orqali Kushonlar davrida Xitoy va keyinchalik uzoq sharqqacha yetib bordi. Sakkizinchi asrdan boshlab Hindistonga musulmonlar yurishlari boshlandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qisqa davr ichida islom hind ostonalarigacha keldi. Amudaryoning janubiy yerlarida turk sulolalaridan bo‘lgan g‘aznaviylar hukm sura boshladi. XI asrda ushbu sulolaning eng buyuk lideri Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonning shimoliy qismiga yurishlar qilib turdi. G‘aznaviylar o‘rnida g‘uriylar hokimiyat tepasiga keldi. G‘uriylardan keyin mamluklarning Dehli sultonligi tashkil etildi. Mazkur davlat bir nechta musulmon sulolalarni almashgan holda 1526-yilgacha mavjud bo‘ldi. Sultonlikning eng yirik mag‘lubiyatlaridan biri esa 1398–1399-yillardagi Amir Temurning hind yurishi paytiga to‘g‘ri keladi.

    Temurning Hindga yurishi

    Xilda Xukxemning yozishicha, Panjob vodiysi Temur uchun Chig‘atoy xonligining qonuniy hududi hisoblangan. Bundan tashqari, Sulton Muhammad Tug‘luq vafotidan keyin Dehli sultonligi zaiflashib bordi va atrofdagi kichik knyazliklar mustaqillik e’lon qildi. Uning vorisi Feruz Shoh zamonida ham bu narsa davom etdi. Sultonlik kichrayib, Dehli bilan cheklanib qoldi.

    Amir Temur Hindiqushgacha bo‘lgan yerlarni o‘ziga bo‘ysundirgan paytda, qochib ketgan mahalliy amirlar Dehlidan boshpana topgan edi. Tarixchilarning fikricha, Temur Hindistonni doimiy boshqarish niaytida emas, balki boylik, o‘lja ilinjida egallashni istardi. 1392-yilda bir paytlar Sulton Mahmud G‘aznaviy mulki hisoblangan yerlarni boshqarishni nevarasi Pirmuhammad ibn Jahongirga topshirgan Temur, 1397-yilda unga Hindistonga yurib, dushman hind knyazliklariga hujum qilishni buyurdi. Shu tariqa Mo‘lton Pirmuhammad tomonidan egallandi.

    Shu yil qishni Movarounnahr shimolida o‘tkazgan Temur 1398-yilning ilk oylarida Samarqandga qaytdi va qo‘shinni to‘pladi. Qurultoy chaqirilib, unda Hindiston yurishi haqida e’lon qilindi. Qurultoyda Temurxon quyidagicha nutq qildi:

    “Feruzshohning nabirasi Dehli taxtiga o‘tirdi. Ammo bu yosh sultonning hukmi o‘z qo‘l ostidagilarga o‘tmaydi. Hatto ular unga qarshi dushmanlik qilmoqda. Shundaylardan biri Sarangxon Mo‘ltonni Sayyid Xizr xondan tortib oldi, ammo o‘zi hozir Pirmuhammadning hujumiga duchor bo‘ldi. Dehlida Sarangning birodari Malluxon raqiblarini mag‘lub etib, shaharni egalladi va sulton nomidan hukmronlik qilmoqda. Bu tartibsizliklar bizning g‘alabaga chanqoq qo‘shinimizni Hindga olib borishga majbur qilmoqda.

    Bundan tashqari, haq dinga Hindning ko‘p joyida amal qilinayotgan bo‘lsa-da, saltanatning katta qismida mushriklar istiqomat qilmoqda. Dehli sultonlari haq dinni himoya qilishdan ojizlik qilmoqda. Musulmon hukmdorlar faqat jizya olish bilan cheklanmoqdalar…”

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shunday qilib, Temurning 90 ming kishilik qo‘shini mart oyida Hindistonga qarab yurishni boshladi. Qo‘shinning eng yaxshi qismi chig‘atoylardan tashkil topgan edi. Bo‘linmalar qo‘mondonlari esa uning yoshlikdagi do‘stlari edi. Samarqandga Amir Temur Mironshohning o‘g‘li Umarshayxni qoldirib ketdi.

    Qo‘shin Termiz yaqinida Amudaryoni kesib o‘tdi va Andarobda to‘xtadi. Qo‘shinning asosiy qismi va yuklar shu yerda qoldirildi va uning o‘zi maxsus guruh bilan Kofiristonga qarab yurdi. Siyohpo‘shlar deb ataladigan xalq bu paytda musulmon emas edi va Temur ularni mag‘lub etib, asosiy qo‘shin uchun Hindistonga boradigan yo‘lni ochib qo‘ydi. O‘zi ham qo‘shinning asosiy qismiga kelib qo‘shildi. Shu orqali u Movarounnahrning tog‘lardagi potensial dushmanlarini ham yo‘q qilgan edi. Yo‘lda qal’alar va garnizonlar qurildi.

    1398-yilning avgust oyida Kobul ham egallandi. Shahar yaqinida chodir tikdi va bir qancha muddat shu yerda davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bir qator elchilarni ham qabul qildi. Kobulda unga Forsda qolgan qo‘mondon Shayx Nuriddin kelib qo‘shildi. U forsdan yig‘ilgan katta boylik va sovg‘a-salomlar bilan kelgan edi. Bu yerda turilgan muddatda bir qator obodonchilik ishlari ham amalga oshirildi. Qurg‘oq yerlarga kanal qazilib, suv chiqarildi. Kanal qirg‘oqlari bo‘ylab qishloqlar qurildi. Ishlar yakunlangach, Temur Saroymulkxonim bilan birga yosh nabirasi, shahzoda Mirzo Ulug‘bekni Samarqandga qaytarib yubordi.

    Temur asosiy qo‘shin va boshqa malikalar birgalikda Hindistonga yurishda davom etdi. Chig‘atoy ulusining nominal xoni Sulton Mahmudxon chap qanot bilan birga shimoliy yo‘l orqali Dehliga yurdi. Temurning o‘zi esa janubga Pirmuhammad bilan uchrashish uchun Mo‘ltonga qarab yurdi. Sentabr oyida Hind daryosiga yetib kelgan Temur qo‘shini ikki kunda daryoni kechib o‘tdi. Yo‘l bo‘yi uning huzuriga yana elchilar va bir qator amirlar keldi.

    Ulardan Kashmir amiri Iskandarning elchisi o‘z hukmdorining Temurga sodiqlik haqidagi qasamyodini olib keldi. Shuningdek, bir qator mahalliy rojalar qo‘shinlari tor-mor keltirildi. Yeyishga va olib ketishga yaroqsiz narsalar yoqib yuborildi. Oktabr oyida belgilangan joyda u Pirmuhammad bilan ko‘rishdi. Pirmuhammad bu paytda Mo‘ltonni qamal qilib turgan edi. Mo‘lton ham Temur kelishi bilan egallandi.

    Dekabr oyiga kelib, Temur qo‘shini allaqachon Dehli ostonasida turgan edi. Dehli atrofidagi barcha qal’alar va istehkomlar Temur qo‘shinlari tomonidan egallab olindi. Dehli himoyachilari tarkibida o‘n ming otliq va yigirma ming piyoda qo‘shin bor edi. Shuningdek, ularda yuzta jangovar fillar ham bor edi. Aynan mana shu fillar Temur qo‘shiniga qo‘rquv solib turgan edi. Jang boshlashdan oldin Temur Dehli atrofiga ayg‘oqchilarini yuborib, vaziyat haqida batafsil ma’lumotlar oldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dehli eshiklari ochilib, Sulton Mahmud va Malluxon askarlari hujum boshladi. Temur Dehlini uzoq vaqt qamal qilib turishni istamas edi va bu hujum uni xursand qildi va u Allohga sajda qilib undan g‘alaba so‘radi. Solnomachilar Dehli jangini tasvirlashda hali hech qachon bunday shovqin-suronli jang bo‘lmaganini yozadi. Jangovar fillarga qarshi tuyalarning beliga maxsus olov yoqiladigan moslama o‘rnatib, ularga qarshi yo‘lladi.

    Olovlarning o‘zlari tomon kelayotganini ko‘rgan fillar qo‘rquvdan ortga qarab yura boshladi. Natijada, Dehli askarlari fillar oyoqlari ostida qolib ketdi. Hindlarning chap qanotiga Pirmuhammad qattiq zarba berdi. Temur qo‘shinining chap qanoti hindlar hujumini muvaffaqiyatli tarzda qaytardi va Dehli darvozasiga qarab yurdi. Sulton Mahmud va Malluxon shaharga qochib kirdi. Chekinish vaqtida ko‘plab hind askarlari halok bo‘ldi. Fillarning katta qismi jarohatlandi, ayrimlari xartumidan ayrildi. Shahzoda Xalil Sulton Mirzo dovyuraklik bilan bir filga tashlanib, uning egasini o‘ldirdi va filni minib, bobosiga sovg‘a sifatida olib keldi.

    Shu kuni Temur qo‘shini g‘alaba qozondi. Askarlarining mardonavor jang qilganini eshitgan Temur xursandchilikdan yig‘lagani va yerga sajda qilgani tarixchilar tomonidan yozib qoldirildi.

    Jangning ertasi kuni Temur Dehli shahriga tantanali ravishda kirib bordi. Sulton Mahmud va Malluxon tundayoq oilasini ham tashlab qochib ketgan edi. Ularni ta’qib etishga buyurilgan askarlar Malluxonning ikki o‘g‘li va bir nechta qo‘mondonlarini qo‘lga oldi. Dehlining asosiy darvozasi yonida Temur shaharning taslim qilingani haqidagi noma qabul qilindi. Shahar egallangani sharafiga marosim tashkil etildi. Imperiyaning barcha hududiga g‘alaba haqida xabar berish uchun choparlar yuborildi. Juma kungi juma namozi paytida Temur nomiga xutba o‘qildi.

    Dehlidan keyin sharqqa qarab yurgan Temur yanvar oyining boshida, ayrim manbalarda 7-yanvar, ayrimlari 9-yanvarda Merut shahri egallandi. Bu shahar Temurga bo‘ysunishdan bosh tortgan edi. Shahar qamal qilindi va yoqib yuborildi, qarshilik ko‘rsatgan hindlar tiriklayin olovga tashlandi. Shuningdek, Jamna va Ganga daryolari bo‘yida istiqomat qilayotgan ko‘plab zardushtiylar ham Temur hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

    Keyingi voqealar

    Shunday qilib, 1399-yilning mart oyiga qadar Hindistonning butun shimoliy qismi Temur tomonidan egallandi. Mart oyida u barcha amirlari va qo‘mondonlarini yig‘ib, ularni o‘zlarining viloyatlariga jo‘natib yubordi. Hind mulkini esa Hizr Xon Sayyidga topshirib, o‘zi Samarqandga qarab yo‘l oldi. Hizr Xon esa o‘zini Amir Temurni vassal deb e’tirof etib, uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qittirdi va uning nomidan tangalar zarb ettirdi. Qochib ketgan Malluxon va Sulton Mahmudlar qaytib kelib, hokimiyat uchun kurashga qo‘shildi. Ammo Hizr Xon sayyid ularni mag‘lub etib, Dehlida sayyidlar sulolasiga asos soldi.

    Samarqandga qaytgan Temur g‘alabasi sharafiga shaharda ulkan masjid qurdirishga buyruq berdi. Bu masjid xalq orasida Bibixonim masjidi deb nomlanadi. Masjid 1399–1405-yillarda qurildi. Hind safaridan betob bo‘lib qaytgan Temur sog‘ligini tiklagach, Hindistonga chopar yubordi va fillar jo‘natishni so‘radi. Ushbu fillar unga Suriya, Kichik Osiyo yerlaridagi zafarli yurishlarda katta yordam berdi. Bular haqida esa keyingi maqolalarda so‘z yuritishga harakat qilamiz.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    12.01.2021, 07:58   Izoh (0)   35435
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosi poyezdlari eng kuchli karantin vaqtida ham harakatdan to‘xtamagani ma’lum qilindi

    12.01.2021, 07:43

    Buxorodagi yong‘inda ikki nafar fuqaroning jarohat olib shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi. Shifoxona bosh shifokori buni rad etdi

    12.01.2021, 07:29

    Bankka kredit so‘rab borilganda “resurs yo‘q” degan javob berilishi asoslimi? Markaziy bankning Qashqadaryodagi mas’uli javob berdi

    12.01.2021, 06:56

    Buxoroda yer ajratish evaziga fuqarodan 2 ming dollar pora olgan hokimlik mas’uli qo‘lga olindi

    12.01.2021, 06:43

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tiktokerlar va ularning ota-onalarini ogohlantirdi

    12.01.2021, 06:27

    “Hamma qilinayotgan islohotlarni … tiqdingiz!” – Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyati iste’foga chiqishi kerakligini aytdi

    12.01.2021, 06:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.