• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nos chekish saratonga olib kelishi mumkin” — SSV mutaxassisi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari O‘zbekistonda nos ishlab chiqarish va sotishni qonun darajasida taqiqlashni tavsiya qilayotgani haqida xabar berilgan edi. SSVning tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti, tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Shukurov nosvoyning inson salomatligiga salbiy ta’sirlari, O‘zbekistonda qancha odam bu illatga ruju qo‘ygani, jahon mamlakatlaridagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu mahsulot asosan uy sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilinmagan holda turli usullarda tayyorlanadi. Uni tayyorlash usulini ko‘rgan, tarkibida qanday moddalar borligini bilgan kishi nos chekishdan voz kechishi aniq. “Uning tarkibida tamaki yaprog‘i, kul (g‘o‘zapoya yoki boshqa o‘tinlar kuli), o‘simlik moyi (paxta yoki kunjut moyi), so‘ndirilgan ohak hamda shirin ta’m beruvchi qo‘shimchalar bo‘ladi. Agar insonga ushbu mahsulotlar: qurilish ohagi, kul, tamaki yaprog‘ini bersangiz, iste’mol qilishni xohlarmidi? Ammo mamlakatimizda nos chekuvchi insonlar soni juda ko‘p, ayniqsa, yoshlar orasida” — deydi Shuhrat Shukurov.

    Uning aytishicha, O‘zbekistonda nosvoy bozorlarda, ko‘chalarda va ta’lim muassasalari oldida ochiq sotiladi. Natijada nosvoyning bitta porsiyasi narxi filtrli sigaretalar narxidan taxminan 4-5 baravar past bo‘lib, bu uning yoshlar uchun hamyonbopligini ta’minlaydi. Nosvoyni ishlab chiqarish va sotishni cheklash bo‘yicha hech qanday qonun hujjati va ko‘rsatma mavjud emas.

    Nosning inson organizmiga salbiy ta’sirlari

    Shuhrat Shukurovning bildirishicha, nos psixoaktiv moddalar qatoriga kiradi va markaziy asab tizimiga ta’sir ko‘rsatib, ruhan va jismonan kuchli qaramlikni yuzaga keltiradi. Nos qonga so‘rilib, bosh miya, jigar, buyrak, oshqozonosti bezi va boshqa organlarning faoliyatiga salbiy ta’sir etib, shu a’zolarning kasallanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlari faoliyatining buzilishini yuzaga keltiradi.

    Nos og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va oshqozonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etib, shilliq qavatlarni doimiy shikastlaydi va shu ta’sir natijasida shilliq qavatlarda saraton kasalligi rivojlanishiga olib keladi. Bu kasallikka uchraganlarning 95 foizi nosga ruju qo‘ygani ilmiy jihatdan isbotlangan.

    Bundan tashqari, nosvoy iste’mol qilish yurak-tomir kasalliklari va surunkali gipertoniyaga olib kelishi mumkin, homiladorlik paytida iste’mol qilinganda o‘lik bola tug‘ilishi, muddatidan oldin tug‘ilish va kichik vazndagi bola tug‘ilishi xavfini oshiradi.

    Nosvoy iste’mol qiladigan erkaklarda bepushtlik, og‘iz va milklarning yallig‘lanishi, milklar atrofiyasi, kariyes kabi kasalliklar kuzatiladi. Nos o‘smirlarning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, xotira yomonlashishiga, jizzaki bo‘lishiga hamda darslarni o‘zlashtirishi keskin pasayishiga olib keladi.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda traxeyada (o‘rtacha 3,9 marta), og‘iz bo‘shlig‘ida (o‘rtacha 3,8 marta), milklarda (3,1 marta), qizilo‘ngachda (2,5 marta), oshqozonda (2,0 marta), burun-halqumda (2,0 marta) xavfli o‘smalardan o‘lim 30-69 yoshdagi erkaklar o‘rtasida shu yoshdagi ayollarga qaraganda ancha ko‘proq uchraydi, bu esa nosvoy va boshqa tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishi bilan bevosita bog‘liq.

    “O‘zbekistonda har kuni tutunsiz tamaki iste’mol qiluvchi 1,7 million kishining 860 mingdan ortig‘i nosvoy iste’mol qilinishi tufayli bevaqt o‘lim xavfiga duchor bo‘ladi. Agar tegishli choralar ko‘rilmasa, bu raqam yanada ko‘tarilishi mumkin”, — deydi mutaxassis.

    O‘zbekistonda nos chekuvchilar soni va o‘sish surati

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda katta yoshdagi kashandalarning soni 1,1 milliard bo‘lib, ulardan kamida 367 million kishi tutunsiz tamaki iste’mol qiladi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 2014-yilda JSST bilan birgalikda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillarini o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan: O‘zbekiston aholisining 12 foizi, erkaklarning 23,2 foizi, ya’ni har to‘rttadan bittasi, ayollarning 0,2 foizi nosvoy iste’mol qiladi. Tutunsiz tamaki iste’molchilarining 90 foizi nosvoy iste’mol qiladi.

    Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi o‘rtasida nosvoy iste’mol qilish ko‘rsatkichining eng yuqorisidir: Qirg‘izistonda — 5,2 foiz, Qozog‘istonda — 1,3 foiz, Turkmanistonda — 1,4 foiz.

    Bundan tashqari, tutunsiz tamaki mahsulotlarining 13-15 yoshdagi o‘smirlar orasida iste’mol qilinishining darajasi ham O‘zbekistonda qo‘shni mamlakatlarga qaraganda eng yuqoridir (6%), (bu ko‘rsatkich: Qirg‘izistonda — 5,1 foiz, Tojikistonda — 1,8 foiz, Qozog‘istonda — 0,6 foiz, Turkmanistonda — 0,2 foiz).

    Nosvoy ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi

    Avstraliya, Singapur, Bahrayn, Butan, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda tutunsiz tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlangan.

    Yevropa Ittifoqining Shvetsiyadan tashqari barcha mamlakatlarida tutunsiz tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlangan. Bir qator MDH mamlakatlarida (Belarus, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmanistonda) ham nosvoy ishlab chiqarish va sotish taqiqlangan. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida tutunsiz tamaki mahsulotlarini butunlay taqiqlash haqidagi kelishuv loyihasi ko‘rilmoqda.

    JSSTning baholashicha, O‘zbekistonda tamaki iste’molini qisqartirish choralari iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi. Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha har bir investitsiya qilib kiritilgan so‘mdan dastlabki besh yilda 7,3 so‘m va keyingi 15 yilda 13,0 so‘m foyda olish mumkin.

    “Tamakiga qarshi kurashning samarali choralari ko‘rilgan taqdirda, O‘zbekiston qisqa muddatli istiqbolda (5 yil) har yili 206,6 milliard so‘m miqdorida (shu jumladan aholining bo‘shaydigan va o‘zlari farovonligini oshirishga qaratiladigan mablag‘lari), o‘rta muddatli istiqbolda (10 yil) — 219,8 milliard so‘m va uzoq muddatli istiqbolda (15 yil) — 233 milliard so‘m miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri foyda olishi mumkin. Natijada tamaki iste’molchilarida qo‘shimcha resurslar paydo bo‘ladi, ular o‘z navbatida xalq iste’moli tovarlari va xizmatlarga talabni oshiradi.

    Lekin, avvalo, bunday mahsulotlarning inson salomatligi uchun xavfli ekanini aholining o‘zi teran anglab yetishi zarur. Shundagina bu borada ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin”, — degan SSVning tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov.

    08.01.2021, 19:47   Izoh (0)   26465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “BHMning 3 baravari miqdoridagi jarima muammoni hal etmaydi”. Intellektual mulk agentligi Hindiston kompaniyasi huquqlarini himoya qildi

    08.01.2021, 18:41

    O‘zbekistonda ishga joylashishda diplomdan ko‘ra malaka muhimroq bo‘ladi

    08.01.2021, 18:12

    AQSh, O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyo loyihalariga 1 mlrd dollar yo‘naltiradi

    08.01.2021, 17:47

    Namanganda qurilayotgan ko‘prik qulashi oqibatida talafotlar bo‘lmagani ma’lum qilindi

    08.01.2021, 16:53

    “Apreldan boshlab uylarni ‘korobka’ holatida topshirish taqiqlanadi” — Sherzod Hidoyatov

    08.01.2021, 16:40

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliqlashadi

    08.01.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.