• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    ASALA guruhining eng shov-shuvli terakti. Moskva metrosida uyushtirilgan portlashga 43 yil bo‘ldi

    Metrolarda sodir etilgan teraktlar zamonaviy dunyo yangiligi emas. SSSR davrida ham bunday teraktlar bo‘lib turgan. 1977-yil 8-yanvarda Moskva metrosida dahshatli terakt sodir etildi. Soat 17:33 da “Izmaylovskaya” va “Pervomayskaya” stansiyalari oralig‘ida bo‘lgan poyezdda birinchi portlash gumburladi. Bu vaqtda metroda ota-onalari bilan Yangi yil archasidan qaytayotgan bolalar ham bor edi…

    Terakt

    “Pervomayskaya”, “Izmaylovskaya” va “Shelkovskaya” stansiyalari darhol yopildi, odamlar evakuatsiya qilindi. Portlatilgan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasiga yetib keldi va bekat orqali to‘xtamasdan o‘tgan poyezd yo‘lovchilari platformada vayron bo‘lgan vagonlar va qonga belangan odamlarni ko‘rdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Keyingi bombalar yer ustida portladi. Soat 18:05 da Zerjinskiy (hozirgi “Bolshaya Lubyanka”) ko‘chasidagi 15-sonli oziq-ovqat do‘konida bomba portladi. Yana besh daqiqadan so‘ng 25-oktabr (hozirgi “Nikolskaya”) ko‘chasidagi 5-sonli do‘kon yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Hammasi bo‘lib hujum paytida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 37 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

    Barcha totalitar tuzumlarda bo‘lgani kabi rasmiy ommaviy axborot vositalari ushbu fojia haqida jim turdi, ammo yuzlab qurbonlar haqidagi mish-mishlar bir zumda butun Moskva bo‘ylab tarqalib, shahar aholisi orasida vahima paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shundan keyin ushbu voqea OAVda yoritila boshlandi.

    Qidiruv

    Terroristik hujum tashkilotchilari olti oydan ko‘proq vaqt davomida qidirildi. Qidiruv prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va SSSR KGBning eng yaxshi tergovchilari tomonidan amalga oshirildi. Shu vaqt ichida ular 500 dan ortiq guvohlar bilan suhbatlashdi, ammo ularning hech biri terroristlarning ko‘rinishini aniq ta’riflay olmadi. Shuning uchun tergovchilar faqat ashyoviy dalillarga tayanishga majbur bo‘ldi.

    Tergov guruhi a’zolaridan biri Arkadiy Yarovoy shunday eslaydi: “Tergov harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan bo‘limimiz boshlig‘i Nikolay Markovskiy 25-oktabr ko‘chasidagi portlash joyi yaqinida joylashgan Tarix va arxiv institutining tomidagi barcha qorlarni yig‘ish va eritishni buyurdi. Ko‘pchilik buni g‘ayrioddiy deb hisoblab, norozi bo‘ldi.

    Ammo aynan tomdan Yerevan soat fabrikasi tomonidan ishlab chiqarilgan budilnik soatning kichik-kichik millari topildi, keyinchalik bu va boshqa ashyoviy dalillar bizni jinoyatchilarga olib chiqdi”.

    Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bombalardagi payvandlar faqat harbiy-sanoat majmualaridagina ishlatiladigan kalsiy-ftor qoplamaga ega bo‘lgan elektrod yordamida amalga oshirilgani aniqlandi. Bu qidiruv doirasini sezilarli darajada toraytirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Oradan sakkiz oy o‘tdi

    1977-yil oktabr oyida yangi dalillar qo‘lga kiritildi. Xuddi shu guruh terrorchilari Kursk temiryo‘l stansiyasiga yetib kelgan va Moskva-Yerevan poyezdiga chipta olib, kutish xonasida bomba solingan sumkani qoldirib, binodan chiqib ketgan. Yo‘lovchilardan biri ushbu sumkani ko‘rib qoldi, uning ichiga qarab, simlar va soat mexanizmini ko‘rib, topilma haqida navbatchi politsiyaga xabar berdi. Tergovchilar sumkani ko‘zdan kechirish paytida, Yerevanda ishlab chiqarilgan kurtka va ichida bir necha dona qora soch tolalari bo‘lgan bosh kiyimni topdi.

    Ushbu belgilar Kavkaz yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadigan mamlakatdagi barcha temiryo‘l stansiyalari va aeroportlarga yuborildi. Militsiya ust kiyimsiz jingalak va qora sochli odamni qidirishni boshladi. Uni Gruziya-Armaniston chegarasida ketayotgan Moskva-Yerevan poyezdida topdi. Erkak o‘sha topilgan kurtka bilan bir xil sport shimi kiygan edi. Uning hujjatlari, ustki kiyimlari va boshqa narsalari yo‘q edi.

    Armaniston Milliy birlashuv partiyasi

    Bu terrorchilardan biri Akop Stepanyan edi. U guruhning ikkinchi a’zosi Zaven Bagdasaryan bilan birga sayohat qildi. Ularning xonadonlarini tekshirish paytida tergovchilar portlovchi moslamalarning yangi detallarini ham topdi. Jinoyatchilar hujum tashkilotchisi sifatida Stepan Zatikyan ismini tilga oldi. Zatikyanning oilasi – xotini va ikkita kichik farzandi bor edi. U Yerevan elektromexanika zavodida ishlardi.

    Talabalik davridayoq u Armanistonda yashirin Milliy birlashuv partiyasini tuzdi, respublika mustaqilligini targ‘ib qildi va “rus shovinizmi”ga qarshi norozilik varaqalarini tarqatdi. Stepanyan va Bagdasaryan uning qo‘shnilari bo‘lib, shuningdek, ular partiya a’zolari ham edi.

    Qasos, qasos va yana qasos

    Terroristlar ustidan sud jarayoni 1979-yil 16–20-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Andropovning buyrug‘i bilan ushbu sud jarayoni to‘g‘risida hujjatli film suratga olindi. Yozuvda Zatikyanning arman tilida:

    “Odamlarga bu Stepanning so‘nggi so‘zlari bo‘lganini ayting: “Qasos, qasos va yana qasos”, deganini eshitish mumkin.

    Barcha terrorchilar aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Hukm 1979-yil 30-yanvarda amalga oshirildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Akademik Saxarov hukmdan norozi

    Biroq hamma ham ushbu hukmga rozi bo‘lmadi. Xususan, akademik Andrey Saxarov Brejnevga “bu ishda odil sudlov yoki qasddan soxtalashtirish sodir bo‘lishidan qo‘rqish uchun yaxshi sabablar bor”, deb yozdi.

    “Metroda portlash yuz berganda Zatikyan Moskvada bo‘lmagan – ko‘plab guvohlar buni tasdiqlashlari mumkin; tergov ushbu va boshqa muhim holatlarni aniqlashtirishga qiziqish bildirmadi. Sud jarayoni butunlay yopiq va yashirin bo‘lib o‘tdi, hatto qarindoshlari ham bu haqda hech narsa bilmadi. Ochiqlik prinsipi to‘liq buzilgan bunday sud haqiqatni aniqlay olmaydi”, deb yozgan edi Saxarov.

    “Xotiralar” kitobida u shunday deb yozadi: “Men Brejnevga maktubim to‘g‘risida chet ellik muxbirlar va agentliklarga telefon orqali xabar berdim. Bir-ikki soatdan keyin xonadonimizga qo‘ng‘iroqlar boshlandi. Qo‘ng‘iroq qiluvchilar, odatda, men himoya qilayotgan terrorchilar sudida qatnashganini aytdi va qotillarni himoya qilish bo‘yicha mening pozitsiyamdan g‘azablandi.

    Turli xil qo‘ng‘iroqlarning shakli ham har xil edi: ba’zilar meni bexabarligim va soddaligim uchun afsuslanardi, ba’zida kinoya, masxara qilishardi, ayrimlar hatto g‘azab bilan meni o‘ldirish tahdidini ham qildi”. Saxarovning bayonotlaridan so‘ng “Izvestiya” gazetasi unga qarshi “Qotillarning himoyachilariga sharmandalik” nomli maktub e’lon qildi.

    Ushbu maqola ham Saxarov adresiga haqoratlar va to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lim tahdidlari bilan to‘lgan xatlar toshqiniga sabab bo‘ldi.

    Konspirologiya

    Mahkumlarning aybsiz ekaniga faqat Saxarovgina ishongan emasdi. Masalan, SSSR KGB birinchi bosh boshqarmasi polkovnigi Oleg Gordiyevskiy boshqa gumon qilinuvchilar yo‘qligi sababli ham jinoyat shu yigitlarning bo‘yniga qo‘yilgan, deb o‘ylardi. Sobiq siyosiy mahbus va Sovet dissidenti jurnalist Sergey Grigoryans o‘zining “Yarim asrlik sovet qayta qurishi” deb nomlangan kitobida portlashlar Andropovning buyrug‘i bilan tashkil etilgan, degan versiyani olg‘a surdi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya.

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    08.01.2021, 23:42   Izoh (0)   54368
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    London meri koronavirus tufayli shaharda favqulodda holat e’lon qildi

    08.01.2021, 22:41

    Armaniston prezidentida COVID-19 og‘ir kechayotgani ma’lum qilindi

    08.01.2021, 22:12

    Qozog‘istonda 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga qaysi ismlar eng ko‘p qo‘yilgani ma’lum qilindi

    08.01.2021, 19:11

    “Hech kimning boyligi bunchalik tez o‘smagan edi” — Bloomberg Ilon Mask haqida

    08.01.2021, 17:12

    AQShda Donald Trampni iste’foga chiqishga chaqiruvchi da’vatlar kuchaydi

    08.01.2021, 15:22

    AQSh Kongressiga hujum chog‘ida jarohatlangan politsiyachi vafot etdi. Kapitoliy politsiyasi boshlig‘i iste’fo berdi

    08.01.2021, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.