O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III bosqich sinovlari doirasida vaksina olgan fuqarolar soni 1099 kishini tashkil etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi online” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuborilgan.
Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi. 4-yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 72 nafar ko‘ngillini tashkil etdi.
O‘zbekistonda ushbu vaksina klinik sinovlari boshlangani 10-dekabr kuni ma’lum qilingan. 29-dekabrga kelib jami 830 nafar ko‘ngilli ushbu vaksina bilan emlangandi. Shu kuni vaksina sinovlari davridagi eng ko‘p — 191 nafar ko‘ngilli emlangan.
Ushbu tadqiqot butun dunyo bo‘yicha bir necha markazlarda 18 yoshdan oshgan jami 29 000 ko‘ngilli ishtirokchini qamrab oladi.
Vaksina sinovlarida ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Xitoy vaksinasi masalasida aholini xotirjamlikka chaqirib, sinovda oila a’zolari ham qatnashayotgani, Toshkentda davom etayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmaganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, vazirlik vaksinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini ma’lum qilgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi sinovida aks ta’sir kuzatilsa yoki ko‘ngillilardan biri vafot etsa qanday yo‘l tutiladi?
- O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining sinovi uchun ko‘ngillilar qay tartibda saralab olinadi?
- O‘zbekistonda 2021-yilning iyunigacha aholining 60 foizi koronavirusga qarshi emlanadi
Izoh (0)