Daryo

O‘zbekistonda 2021-yilning iyunigacha aholining 60 foizi koronavirusga qarshi emlanadi

Ayni paytda mamlakatda vaksinatsiyalash ishlarini tashkil etish bo‘yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda

1 daqiqa o‘qish104 262 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2021-yilning iyuniga qadar 60 foizgacha aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilmoqda. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda Sanitariya-epidemiologik farovonlik agentligi birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov “COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar” virtual simpoziumida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Agentlik rahbari o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda vaksinatsiyalash ishlarini tashkil etish bo‘yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Hozir biz dunyoda kim birinchi bo‘lib ro‘yxatga olishini, ikkinchi navbatda esa kim o‘z vaksinasini sotishini kutyapmiz”, — deb ta’kidlagan Botirjon Qurbonov.

Uning aytishicha, hozirda O‘zbekiston vaksinani sotib olish bo‘yicha xususiy sektorlar bilan ham muzokaralar olib bormoqda. “Vaksinani olishimiz bilan odamlarni emlaymiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Botirjon Qurbonov.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekiston JSSTning COVAX (koronavirusga qarshi vaksinalash) xalqaro mexanizmiga qo‘shilgan edi. Bundan tashqari, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda Xitoy, Rossiya, Yevropa va AQSh vaksinalarini sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar