Adliya vazirligi O‘zbekistonda 2020-yil davomida eng ko‘p qo‘yilgan ismlar haqida ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, 2020-yil davomida respublikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Muhammadali va Soliha ismlari eng ko‘p qo‘yilgan.
Soliha ismi 18 616 nafar qizga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan bir yil ichida yangi tug‘ilgan 19 383 nafar chaqaloqqa Muhammadali ismi berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammadali va Soliha ismlari 2019-yilda ham eng mashhur ismlarga aylangandi. 2018-yilda esa Soliha va Mustafo, 2017-yilda — Madina va Azizbek edi.
Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.
Izoh (0)