• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Mo‘miyodan chiqqan ovoz, eng katta toshbaqa, Venerada tiriklik nishonalari. 2020-yilning eng asosiy ilmiy kashfiyotlari

    Ro‘y bergan pandemiyaga qaramasdan, 2020-yilda ham muhim ilmiy kashfiyotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ilm-fan bir joyda turib qolmaydi va yangi sharoitlarda ham taraqqiy etish yo‘lini baribir topadi.

    Tugagan yilda butun jahon bo‘yicha COVID-19 kasalligi bilan yalpi kurash asnosida, albatta, birlamchi asosiy ilmiy salohiyat ushbu virusga qarshi vaksina yaratishga yo‘naltirildi. Dunyoning turli yetakchi laboratoriyalarida bir necha nomdagi vaksina olindi ham. Biroq ushbu vaksina fonida 2020-yilning boshqa muhim ilmiy kashfiyot va natijalari panada qolib ketmasligi kerak. “Daryo” o‘tgan 2020-yilda jahon ilm-fanida qayd etilgan eng muhim kashfiyotlar haqida hikoya qiladi.

    1. Olimlar mo‘miyolangan qadimgi odam tovushini eshitdi

    Yanvar oyida olimlar 3D-chop etish uskunasi vositasida,yoshi uch ming yosh atrofida bo‘lgan, qadimgi Misrda yashab o‘tgan odamning mo‘miyolangan tovushini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Unda elektron halqum hamda tibbiyot skaynerlaridan ham foydalanildi. Natijada mo‘miyoning tovushi tiklandi va uni quyidagi videoda siz ham eshitib ko‘rishingiz mumkin:

    2. Janubiy Amerikada qachonlardir Yer yuzida yashagan eng yirik toshbaqa qoldiqlari topildi

    Bundan 5–10 million muqaddam yashagan toshbaqaga tegishli toshqotgan qoldiqlarning o‘lchami o‘rtacha kattalikdagi avtomobildek keladi. Uning kosasi uzunligi uch metrga yaqin bo‘lib, chuchuk suv havzalarida yashagan va taxminan 1 100 tonna vaznga ega bo‘lgan edi. Ushbu toshbaqa turiga olimlar Stupendemys geographicus deb nom berdi.

    Foto: Google Photos

    3. Marsda ham zilzila sodir bo‘lishi aniqlandi

    Yil boshida yana bir qiziq ilmiy kashfiyot qilindi. Marsda ish olib borayotgan qator marskezar apparatlar qizil sayyorada ham zilzilalar sodir bo‘lishini qayd etdi. Xususan, 2018-yil noyabrida Marsga qo‘ngan InSight marskezari keyingi bir yil mobaynida o‘tkazgan tadqiqotlari mobaynida yuzdan ziyod zilzilani qayd etdi. Bundan kelib chiqadiki, Mars ham seysmik jihatdan faol sayyora ekan.

    4. Neandertal odamlar juda mohir baliqchilar bo‘lgani kashf etildi

    Mart oyida esa neandertal odamlarning hayot faoliyatiga oid yana bir yangilik ochildi. Ular shunchaki qalin po‘stin yopingan va qo‘lidagi so‘yil bilan yovvoyi hayvonlarni ovlab tirikchilik qiladigan dag‘al odamlar emas, balki mohir baliqchi ham bo‘lgani oydinlashdi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, neandertal odamlar baliq ovlashni qoyilmaqom qilib bajargan ekan va ularning ratsionida dengiz mahsulotlari eng asosiy ozuqa bo‘lgan ekan!

    5. Kelgindi kometaning kimyoviy tarkibi o‘rganildi

    Aprel oyida esa Quyosh tizimiga tashqaridan kirib kelgan Borisov kometasining kimyoviy tuzilishi o‘rganildi. Bu kashfiyotning ahamiyatli tarafi shundaki, olimlar shu paytgacha Quyosh tizimidagi ichki kometalarning tarkibi va tuzilishini tadqiq qilgan edi. Borisov kometasi esa bizga tashqaridan kirib kelgan kometalar ichida birinchi bo‘lib kimyoviy tahlil qilingan kometaga aylandi. Bu juda muhim, chunki mavjud ilmiy nazariyalardan biriga ko‘ra, aynan kometalar koinot bo‘ylab hayot urug‘larini tarqatib yuradi, deb qaraladi.

    Foto: Google Photos

    6. Super Yer ekzosayyorasi

    May oyi boshida esa astronomlar yana bir ekzosayyora kashf qilingani haqida ma’lumot berdi. So‘nggi yillarda ekzosayyoralarning kashf qilinishi odatiy tusga kirdi va bunday xabar bilan endi birovni hayron qoldirib bo‘lmay qolgani rost. Oxirgi o‘n yil ichida kashf qilingan ekzosayyoralar soni besh mingdan ziyod bo‘lib ketdi. Bu safargi kashfiyot o‘ziga xos bir jihati bilan ahamiyatlidir.

    Chunki unda birinchi marta o‘lchamlari va o‘z yulduziga nisbatan joylashuviga ko‘ra Yerga juda o‘xshash bo‘lgan va unda hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekzosayyora topildi. Ilmiy kuzatuvlar va kashfiyot yangi zelandiyalik astronomlar tomonidan olib borilgan bo‘lib, unda aniqlanishicha, o‘sha sayyora bizning Quyosh massasidan atigi 10 foiz massaga ega o‘z markaziy yulduzini 617 kun ichida aylanib chiqar ekan.

    7. Koinotning yoshi haqiqatan ham 13,8 milliard yilga teng

    Koinotning yoshi 13,7 milliard yil degan qarash fanda anchadan beri mavjud va bu ko‘plab hisob-kitoblar hamda kuzatuv natijalari bilan mustahkamlangan raqamdir. Fizikada koinot bundan bir necha million yilga yoshroq bo‘lishi ehtimoli haqidagi farazlar ham bor edi. Biroq Chilida joylashgan Atakama kosmologik teleskopi (AKT) yordamida koinotdan olingan eng “keksa” yorug‘lik nurlarini tadqiq qilgan Bruk universiteti olimlari koinotning yoshi haqiqatan ham 13,8 milliard yil atrofida ekanini ilmiy isbotlab berdi.

    Koinotdagi eng “keksa” yorug‘lik nuri surati.

    Koinotdagi eng “keksa” yorug‘lik nuri surati.
    Foto: Google Photos

    8. 6 766 yilda bir keladigan Neowise kometasi Yer yaqinidan uchib o‘tdi

    Iyul oyida professional va havaskor astronomlar yana bir kamyob hodisaning guvohi bo‘ldi. Hisob-kitoblarga qaraganda, har 6 766 yilda bir marta Quyoshga yaqinlashadigan Neowise kometasi Yerga maksimal yaqinlikda uchib o‘tdi va butun dunyo bo‘ylab astrofotograflarning obyektivlari nishoniga aylandi.

    9. Grenlandiya muz qalqoni qayta tiklanmas darajada erib bo‘ldi

    Afsuski, avgust oyida olimlar sayyoramiz iqlimi uchun nihoyatda salbiy holat bo‘lgan jiddiy bir ekologik masalani ma’lum qildi. Aytilishicha, Grenlandiya muz qalqonining erish darajasi qayta tiklab bo‘lmas nuqtadan o‘tib bo‘ldi va endi uni to‘xtatishning iloji bo‘lmas ekan. Dunyodagi eng katta oroldagi muzliklarning erish ko‘lami shu darajaga yetdiki, agar global iqlim isishi hozirning o‘zida, shu lahzada to‘xtasa ham, lekin endilikda Grenlandiya muzlarini avvalgi holatga qaytarib bo‘lmaydi. Achinarli ilmiy hisobot Ogayo universiteti ilmiy xodimlari tomonidan taqdim qilindi.

    10. Venerada hayot alomatlari

    Ha, bu xabar ko‘pchilikni shoshirib qo‘ygan bo‘lsa-da, tafsilotlar baribir hafsalani pir qiladi. Chunki sentabr oyida shov-shuv ko‘targan sarlavhalarda olimlar  Venerada hayot alomatlari aniqlanganini xabar qilgan bo‘lsa-da, aslida bu qo‘shni sayyorada qandaydir tirik mavjudotlar, hattoki bakteriyalar ham topildi, degani emas edi. Shunchaki uning qalin bulutlar bilan qoplangan atmosferasida hayot shakllanishi uchun zaruriy bo‘lgan aminokislotalarning tarkibiga kiruvchi modda aniqlandi.

    Foto: Google Photos

    11. Oyning Yerga qaragan tarafida ham suv borligi aniqlandi

    Oyda suv mavjudligi bo‘lajak Oy missiyalarida astronavtlar uchun tadqiqot obyekti yoki hozircha “fantastika” turkumiga kiruvchi Oy ilmiy bazalarida yashovchilar uchun ichimlik suvi manbayi bo‘lishi mumkin. Shu paytga qadar Oyning qorong‘u chuqur daralarida va qutblarida muzlagan holdagi suv mavjudligi taxmin qilinar edi. Oktabr oyida NASA tarqatgan xabarda esa yo‘ldoshimizning bizga yuzlangan qismida ham suv aniqlangani aytildi.

    12. Koronavirusga qarshi vaksina

    Butun insoniyatni yil davomida qiynagan koronavirus pandemiyasiga va nihoyat chek qo‘yilishiga umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Noyabr oyi boshida koronavirusga qarshi 90 foizdan ziyod samaradorlikka ega bo‘lgan birdaniga ikkita vaksina haqida xabar tarqaldi. AQShning Pfizer va Moderna kompaniyalari ishlab chiqargan vaksinalarning samaradorligi mos ravishda 90 va 95 foiz deb e’tirof etildi. Vaksinalarning har biri soddalashtirilgan tartibda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgach, dekabrda ko‘plab mamlakatlarda emlash ishlari allaqachon boshlab yuborildi.

    13. Sun’iy intellekt oqsillar foldingi muammosini hal qilib berdi

    Buyuk Britaniyaning sun’iy intellekt masalalari bilan shug‘ullanuvchi Deep Mind guruhi o‘zining Alpha Fold neyron tarmog‘ini qo‘llash orqali ilm-fanda, ayniqsa, molekulyar biologiya sohasida qariyb yarim asrdan beri yechilmayotgan muammoni hal qilishga kirishdi. Unda oqsillar foldingi bilan bog‘liq masala birinchi marta 87 va undan yuqori GDT aniqlikda hal qilindi. Bu o‘ta muhim ilmiy natija bo‘lib, ko‘plab kasalliklar, xususan, saratonni davolashda va farmatsevtikada keskin burilishlar yasashi kutilyapti.

    Foto: Argonne National Laboratory

    Shuningdek, 2020-yilda qayd etilgan muhim ilmiy natijalar va fan-texnika yutuqlari haqida to‘xtalganda, ilk bora BAA davlati o‘zining Mars missiyasini uchirgani, uning ketidan Xitoy va AQSh ham Mars tomonga o‘z apparatlarini yo‘llagani, avstraliyalik olimlar tomonidan tabiatdagi eng uzun jonzot aniqlangani, yapon olimlari tomonidan esa materiya va antimateriyaning asimmetriyasi sababi topilganini va tarixda ilk bora xususiy kompaniya tomonidan astronavtlarni XKSga eltuvchi kosmik parvoz amalga oshirilganini ham eslab o‘tish joizdir.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    03.01.2021, 13:38   Izoh (0)   83230
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar smartfonlar uchun qayta tiklanishga qodir materialni yaratdi

    28.12.2020, 13:09

    Myanmadagi qahrabo bo‘lagi ichidan fanga noma’lum gul topildi

    25.12.2020, 11:23

    Olimlar qadimgi odamlar sovuqdan omon chiqish uchun uyquga keta olganini aniqladi

    22.12.2020, 16:25

    Olimlar insonlarning baxtli bo‘lishi uchun nima zarurligini ma’lum qildi

    18.12.2020, 12:59

    Olimlar koronavirusdan sog‘ayganlarga yangi kasalliklar xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirdi

    16.12.2020, 09:56

    Olimlar g‘ayrioddiy “tovus-dinozavr”ning tasvirlarini namoyish etdi

    15.12.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Sud tizimiga sunʼiy intellektni tezroq joriy etish zarur” — Vladimir Norov

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:55

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10

    “Davlat byudjetidan subsidiya va investitsiyalarga xarajat qilmaslik kerak” — Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiyot | 14 iyun, 16:00

    Mashhurlikdan panjara ortigacha: qamoqda o‘tirib chiqqan Gollivud yulduzlari

    Kino | 14 iyun, 15:50

    Bank krediti arzonroqmi yoki nasiya savdo? Markaziy bank tahlili eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 15:20

    “Real” Raul Asensoning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilamoqchi

    Sport | 14 iyun, 15:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.