Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Venera atmosferasida fosfinning (ayrim tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz) aniqlanishi gipotetik jihatdan yerdan boshqa sayyoralarda hayot borligini qidirish uchun ketgan barcha davrlar ichida eng muhim hodisa hisoblanadi. Bu haqda NASA rahbari Jim Braydenstayn o‘zining Twitter’dagi sahifasiga

Foto: NASA

Foto: NASA

“Venerada hayot? Anaerob biologiyaga oid fosfinning aniqlanishi, Yerdan tashqarida ham hayot mavjudligi to‘g‘risidagi fikrlarni yoqlash uchun eng muhim hodisa hisoblanadi”, — deb yozadi Braydenstayn.

14-iyun kuni Massachusets va Kardiff astronomlari Venera atmosferasida fosfin mavjudligi aniqlangan tadqiqot natijalarini Nature Astronomy jurnalida chop etgandi. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, fosfin potensial hayot alomatlaridan dalolat beruvchi muhim birikmalardan biri hisoblanadi.

Mutaxassislar Venera atmosferasini Gavayi orolidagi Jeyms Klark Maksvel (JCMT) va Chilidagi ALMA radioteleskoplari yordamida tadqiq etgan.

Odatiy sharoitda Yerda fosfin rangsiz zaharli gaz ko‘rinishida mavjud. Yerda u anaeroblar — kislorod kerak bo‘lmaydigan mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.

Yer atmosferasida fosfin atropogen faoliyat va anaerob organizmlarning hayot tarzi sabab paydo bo‘ladi, ular safiga bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari va chuvalchanglar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Yaponiya aerokoinot tadqiqotlari agentligining (JAXA) “Akatsuki” zondi Venera atrofidagi barqaror orbitaga chiqqan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi