Xalqaro kongress markazida 29-dekabr kuni soat 11:00 da Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlanadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 2020-yilda erishilgan natijalar, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib o‘tiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi.
Davlat rahbari bu gal ham ko‘plab takliflarni bildirishi kutilmoqda.
Ushbu nufuzli anjuman poytaxtdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi.
Izoh (0)