START platformasi “Cheburashka. Bayram siri” 3D-multfilmining ilk tizerini e’lon qildi.
Maxsus sonning sujetiga ko‘ra, Cheburashka va uning do‘sti timsoh Gena Yangi yil arafasida qariya Shapoklyakning nayranglariga duch keladi. Multfilm oxirida baribir do‘stlik g‘alaba qozonadi.
Multfilm bosh qahramonlariga Anjelika Varum va Leoniy Yarmolnik ovoz bergan. Final musiqasini esa Leonid Agutin bastalagan.
Premyera 31-dekabr kuni START striming servisida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Astrid Lindgren avlodlari “Soyuzmultfilm”ga “Karlson”ning davomini suratga olishni taqiqlab qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)