Netflix kompaniyasi Death to 2020 nomli (“2020, kuning bitdi”) yangi komediyasining treylerini taqdim etdi. Film ustida “Qora ko‘zgu” fantastik seriali yaratuvchilari Annabel Jons va Charli Bruker ish olib borgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Filmda Xyu Grant, Semyuel L.Jekson, Jiza Kudrou, Jo Kira, shuningdek, Lesli Jons, Kumeyl Nanjiani, Kristin Milioti va boshqalar suratga tushgan.
Mazkur komediya premyerasi 27-dekabr sanasiga rejalashtirilgan.
Izoh (0)