Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismida ta’mirlash ishlari olib boriladi, deya xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat”.
Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari sabab 2020-yil 31-dekabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Yong‘in-qutqaruv qismi (“O‘zbek qog‘ozi” OAJ) yaqini harakatlanish uchun yopiladi. Shu munosabat bilan 12, 26, 37, 68, 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Avvalroq Toshkentdagi ba’zi avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilib, yangilari tashkil etilgani, Toshkentning 3 ta yo‘nalishida tezyurar avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yilishi hamda “Toshshahartransxizmat” xodimlari soni optimallashtirilib, haydovchilar maoshi oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)