Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorijiy konsultantlar tomonidan Toshkentning 3 ta yo‘nalishi — “Chilonzor buyum bozori”, “Chorsu” savdo markazi va TTZ yo‘nalishlarida BRT (Bus Rapid Transit) tezyurar avtobus xizmati yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqda, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat”.

“Chilonzor buyum bozori” – “Chorsu” savdo markazi yo‘nalishining o‘rtacha masofasi 20,6 kilometrni, o‘rtacha qatnov vaqti 50 daqiqani, oraliq interval 4 daqiqani va tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilarning o‘rtacha oqimi 42 ming nafarni tashkil etadi.

Yo‘nalish harakatlanadigan ko‘chalar: Navoiy ko‘chasi — 6,2 kilometr, Shahrisabz ko‘chasi — 3,2 kilometr, Shota Rustaveli ko‘chasi — 6,2 kilometr, Gavhar ko‘chasi — 2,4 kilometr, Bunyodkor ko‘chasi — 2,6 kilometr.

“Chorsu” savdo markazi – TTZ yo‘nalishi o‘rtacha masofasi 20 kilometrni tashkil etib, o‘rtacha qatnov vaqti 48 daqiqaga, oraliq interval 3 daqiqaga, kunlik tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilarning o‘rtacha oqimi 27 ming nafarga teng bo‘ladi.

Yo‘nalish harakatlanadigan ko‘chalar: Yuzrabod ko‘chasi — 2,18 kilometr, Feruza ko‘chasi — 1,72 kilometr, M.Ulug‘bek ko‘chasi — 7 kilometr, Mahtumquli ko‘chasi — 1,8 kilometr; Shahrisabz ko‘chasi — 1,1 kilometr, Navoiy ko‘chasi — 6,2 kilometr.

Ushbu alohida yo‘laklarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish orqali 122 mingdan ziyod yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.

Yo‘nalishlarda joylashgan 36 ta chorrahani qayta loyihalash ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, alohida yo‘laklarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarini takrorlovchi 50 ta avtobus va 8 ta yo‘nalishli taksi harakatiga o‘zgartirish kiritiladi.

Avvalroq Toshkentdagi avtobus bekatlari do‘konlariz bo‘lishi, shuningdek, “Toshshahartransxizmat” xodimlari soni optimallashtirilib, haydovchilar maoshi oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi