Isroilning Eviation kompaniyasi yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Alice elektrosamolyoti prototipini takomillashtirib, uning birinchi parvozga tayyorlanganini e’lon qildi. Kompaniya samolyotning parvoz sinovlarini 2021-yildan boshlashni, 2023-yilning ikkinchi yarmiga borib Alice’ni sertifikatlashtirishni yakunlashni reja qilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Alice’ning maksimal parvoz og‘irligi 6,4 tonnaga teng. Taxminlarga ko‘ra, Alice’ning ilk versiyasi ming kilometr masofani 445 km/soat tezlikda bosib o‘tishga qodir bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask elektr samolyot yaratilishi haqida gapirib bergandi. Maskning fikriga ko‘ra, elektr samolyot zamonaviy havo kemalarini ortda qoldiradi. U vertikal uchish va qo‘nishga qodir bo‘ladi, shuningdek, katta balandliklarda tovushdan tez parvozlarni amalga oshira oladi.
Izoh (0)