Shveysariyada ilk elektr samolyot parvozi amalga oshirildi. Bir motorli Silence Aircraft Twister qo‘l soatlari ishlab chiqaruvchi Hamilton kompaniyasi va Hangar 55 loyiha byurosi mahsuloti hisoblanadi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.
Twister Shveysariyadagi yuksak pilotaj amallarini bajarishga qodir birinchi elektr samolyot. Uning o‘lchamlari ixcham: kabinaga faqat bir kishi sig‘adi, qanotlari uzunligi 7,5 metr, maksimal uchish og‘irligi esa 420 kilogramm.
Akkumulyator quvvati 160 kilometr masofani bosib o‘tishga yetadi. Qurilmada haddan ziyod shovqin va zararli gazlar bilan atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan Siemens dvigateli o‘rnatilgan.
Yengil vazni va a’lo darajadagi aerodinamik xususiyatlari Twister’ni ajoyib mashq samolyotiga aylanishiga xizmat qiladi.
https://youtu.be/2f9iovtnRwU
Izoh (0)