Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanida erkak ayolni ayovsiz kaltaklagani aytilgan videolar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruvga ko‘ra, voqea bugun, 31-iyul kuni tonggi soat 05:00 larda sodir bo‘lgan.
Yangiyo‘l tumanida yashovchi 27 va 20 yoshli er-xotin uyda o‘zaro janjallashib, natijada ayol turmush o‘rtog‘i boshqaruvidagi avtomashina shinasini uydan olgan oshxona pichog‘i bilan teshgan.
Shundan so‘ng er pichoqni olib qo‘yishga uringanida, ayol pichoqni bermagani va o‘tgan vaqt davomida ular mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilmagani aniqlangan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yilning birinchi yarmida ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 41 051 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirildi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 11 914 nafar ayolga kunduzgi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Izoh (0)